911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) 6 bob

Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Худонинг иродасини излаш - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилидаXudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан

Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

 

MUNDARIJA

Minnatdorchilik

Bobbining hikoyasi. 1-qism

Eshlining hikoyasi. 1-qism

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Bobbining hikoyasi. 2-qism

Eshlining hikoyasi. 2-qism

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Bobbi va Eshlining hikoyasi

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Mualliflar haqida


O‘YLAB KO‘RISH UCHUN VAQT

Bobbi va Eshli bilib olganidek, Xudoning irodasi ikki toifaga bo‘linadi: barcha odamlar uchun Uning umumbashariy irodasi va har bir shaxs uchun Uning aniq irodasi. Xudoning aniq irodasi: hayotimizni qanday qurish va kimga uylanish (turmushga chiqish) kerakligi xususidagi savollar qahramonlarimizni ham, sizni ham ko‘proq qiziqtirar. Biroq, Xudoning umumbashariy irodasi va Uning har bir inson uchun irodasi bir-biriga bog‘liqdir. Ular bir birisiz mavjud bo‘lolmaydi.   

Xudoning umumbashariy irodasi, Uning Kalomida ko‘rsatilganidek, aniq va ravshan. Kelinglar, bir nechta misollarni ko‘rib chiqaylik.

Masihga bo‘lgan ishonch. Xudo xohlagan va hammamizga ochib beradigan eng muhim narsa - hamma insonlar Masihga Najotkor va Rabbimiz sifatida ishonishlari va najot topishilari. Muqaddas Kitobda shunday yozilgan: "Bu xayrli ish bo‘lib, najotkorimiz Xudoga maqbuldir. U hamma insonlarning najot topishlarini va haqiqatni bilib olishlarini istaydi" (1Tim. 2:3-4). Uning najotiga oid ushbu qismini bajarmagunimizcha, Xudo irodasining boshqa bir jihati haqida gapirish befoyda.

Masihga to‘liq bo‘ysunish. Demak, Masihga ishonganingizdan so‘ng, Xudo hayotingizni, kelajagingizni va irodangizni Unga topshirishingizni xohlaydi. "Shunday qilib, ey birodarlarim, Xudoning marhamati haqi sizlarga yolvoraman. O‘z tanangizni tirik, muqaddas va Xudoga manzur bo‘ladigan qurbonlik sifatida bag‘ishlang. Xudoga loyiq bo‘lgan asl xizmat mana shudir. Bu dunyoga moslashmanglar, fikr–zikringizni yangilab, tubdan o‘zgaringlar. Shunda Xudoning irodasini tushuna oladigan bo‘lasiz, ya’ni nima yaxshi, Xudoga manzur va mukammal ekanligini bila oladigan bo‘lasiz" (Rim 12:1-2).

Muqaddas Ruhning kuchiga to‘lish. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: "Shuning uchun beaql bo‘lmanglar, balki Rabbimiz Isoning irodasi nima ekanligini anglashga harakat qilinglar. Sharob ichib mast bo‘lmanglar, chunki bu buzuqlikka olib boradi. Aksincha, Muqaddas Ruhga to‘lib–toshinglar”. (Efes. 5:17-18). Najot topgan lahzangda Muqaddas Ruh hayotingga kirib keldi. Xudo hayotingning barcha jabhalarini allaqachon senda yashayotgan Muqaddas Ruh bilan to‘ldirishni xohlaydi. Xudoning irodasi shuki, sen Muqaddas Ruhga har kuni to‘lib-toshishing uchun Unga ijozat berishing kerak.

Ota-onalarga itoat qilish. Muqaddas Kitobda aniq aytilganidek, bolalar har narsada ota-onalariga itoat etishlarini Xudo xohlaydi: "Ey farzandlar, Rabbimiz Isoga tegishli bo‘lganingiz uchun ota–onangizga itoat qilinglar, chunki shunday qilish to‘g‘ridir" (Efes. 6:1). Xudo bizga shunday amrni berishining sabablaridan biri shundaki, U bizga O‘ziga xos irodasini otamiz va/yoki onamizning maslahatlari misollari orqali ochib berishi mumkinligidadir. Agar siz ota-onangizga bo‘ysunmasangiz, ular siz uchun Xudo irodasining yo‘lboshchisi bo‘la olmaydilar.

Poklik. Xudodan sevgan qizing yoki yigiting bilan jinsiy aloqada bo‘lishingda Uning irodasi borligini yoki yo‘qligini so‘rashingdan hojat yo‘q. Axir Xudo senga buni allaqachon ochib bergan: "Sizlarning muqaddas bo‘lishingiz Xudoning irodasidir. Shuning uchun jinsiy axloqsizlik qilmang" (1Sal. 4:3). Agar sen ilgari hech qachon jinsiy aloqada bo‘lmagan bo‘lsang, unda turmush qurguningcha buni qilma. Agar sen ilgari jinsiy aloqa qilgan bo‘lsang yoki hozirda faol jinsiy hayotni boshdan kechirayotgan bo‘lsang, unda bundan buyon hamma uchun aniq ifodalangan Xudoning irodasini bajarish to‘g‘risida qaror qabul qil.

Xushxabarni yoyish. Agar bu masala bo‘yicha Xudoning irodasi barcha imonlilarga ochiq bo‘lsa, masihiylar Xudodan: "Men Iso Masihga bo‘lgan imonimga guvohlik berishim kerakmi?"- deb so‘rashlari shart emas. Bu masalada Xudoning irodasi barcha imonlilarga alaqachon ayon qilingan. Iso shunday amr etgan: "Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho‘mdiringlar. Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga o‘rgatinglar. Zotan, Men har doim, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birga bo‘laman" (Matto 28:19-20). Xudoning irodasi shundaki, Unga bo‘lgan imoning haqida hamma odamlarga, ya’ni nafaqat ummon ortidagi odamlarga, balki yon qo‘shnilaringga ham guvohlik berishing kerak.

Agarda sen Muqaddas Kitobda ko‘rsatilgan Xudoning umumbashariy irodasini bajarishni qaror qilgan bo‘lsang, shaxsiy hayotingda Uning aniq irodasini kashf etish uchun senda ajoyib imkoniyat bor. Ayni paytda seni nima qiziqtirayotgani muhim emas: kimga uylanish yoki kimga turmushga chiqish kerak; qayerga borish yoki qayerda bo‘lishim kerak; qaysi kasbni tanlashim kerak va sening vaziyatinga mos keladigan boshqa savollar bo‘lsa ham. Demak, o‘zingni Xudoning umumbashariy irodasini bajarishga bag‘ishlashing orqali sen Xudoga o‘z sharoitlaring bo‘yicha Uning aniq irodasini ochib berish imkoniyatini yaratasan.  

Jenni tushuntirganidek, Xudo ko‘pincha aniq shaxsga tegishli irodasini asta-sekin ochib berishini anglash kerak. Ko‘plab masihiylar ibodat qilishganda: "Rabbim, menga bu oy, bu yil va butun hayotim uchun irodangni ochib ber" deydilar. Biroq, Xudo buni kamdan-kam hollarda qiladi. Iso shogirdlariga shunday degan: "Sizlarga yana aytadigan gaplarim ko‘p, lekin endi ichingizga sig‘dirolmaysizlar" (Yuhanno 16:12). Agarda Xudo senga, aytaylik, o‘n besh yil o‘tgach nima bo‘lishini ochib bersa, sen qo‘rqib ketgan bo‘larding va o‘zingni yomon his qilarding! Shuning uchun, U O‘zining irodasini tobora qadam baqadam ochib beradi, shunda sen uni "sig‘dirishing" mumkin bo‘ladi.

Kitobimiz davomida biz senga Xudoning umumbashariy irodasiga muvofiq to‘g‘ri axloqiy qarorlarni qabul qilishning to‘rt bosqichli rejasini ko‘rib chiqishni taklif qilamiz. Aytaylik, o‘qituvchi sendan “berilgan materialni o‘qidingmi”, deb so‘radi. Salbiy javob seni baholashlariga salbiy ta’sir qiladi, ammo sen o‘qishni endi boshlaganding. Shu payt nima qilasan? Yoki do‘sting jamoatingizdagi bir oila haqida sen bilan qandaydir nozik yangiliklarni baham ko‘rayotganini tasavvur qil va sen uni boshqa birov bilan baham ko‘rishga shoshilasan. Sen shunday vaziyatlarda nima qilishing kerak? Ushbu to‘rt bosqichli reja shu vaziyatlarda Xudoning irodasini tushunishingga yordam beradi.

  1. Tanlash imkoniyatlarni ko‘rib chiq. To‘g‘ri yoki noto‘g‘rini tanlash – ahamiyatsizdek ko‘rinadi. Qaror qabul qilayotib, sen yoki Xudoning irodasini, yoki o‘zingning xohishingni bajarishni tanlaysan. Tanlash imkoniyatlarni ko‘rib chiqish degani, o‘zingga savol berishni anglatadi: "Bu vaziyatda nima to‘g‘ri yoki nima noto‘g‘riligini kim belgilaydi?" Shuni yodda tut, sen o‘zingning fikringdan qat’iy nazar, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deb o‘ylagan narsalar orasida emas, balki ob’ektiv bo‘lgan yoki bo‘lmagan narsalar orasidan tanlashing kerak.
  2. Qaroringni Xudoning me’yorlari bilan taqqosla. Tanlovlaring Xudoning tabiati va xarakteriga qanday mos kelishini ko‘rib chiq. Birinchidan, Xudoning amrlari bilan - Muqaddas Kitobning qoidalari, me’yorlari va tartiblari bilan taqqosla. Bunday vaziyatlarda nima qilish kerakligini aytib beradigan aniq oyatlar bormi?

Ikkinchidan, o‘z tanlovingni Muqaddas Kalomga asoslangan umumiy tamoyillardan biri bilan bog‘la. Ushbu tamoyillar ma’lum bir amrning ortida nima borligini tushuntirib beradi. Masalan, "Qo‘shningizga qarshi yolg‘on guvohlik bermang" (Chiq. 20:16) – bu amrning ortida – rostgo‘ylik turibdi. "Qotillik qilmang" (Chiq. 20:13) amrining asosi bu sevgidir. Sen qabul qilishing kerak bo‘lgan qarorga mos keladigan Muqaddas Kitob tamoyilini topa olasanmi?

Va uchinchidan, tanlovingni Xudoning shaxsi bilan moslashtirgin. Amrlar va ularning tamoyillari oxir-oqibat bizni Xudoga olib boradi. Muso ibodat qilganda, shunday derdi: "...Agar men Sendan marhamat topgan bo‘lsam, iltijo qilaman: menga yo‘llaringni ko‘rsatgin. Sendan marhamat topib yurishim uchun Seni bilayin..." (Chiq. 33:13). Muso Xudoning yo‘lini bilish - Uning amrlari va ularning asosidagi tamoyillarni tushunish, unga Xudoning O‘zini bilishda o‘sishiga yordam berishini tushunardi. Sen aniq qaroringni Xudoning shaxsiga taqqoslash bilan Uning irodasini yaxshiroq anglay boshlaysan.

  1. Xudoning yo‘lidan ergashgin. Nafs istaklaringni Xudoning me’yorlariga moslashtirganingdan so‘ng, o‘z yo‘lingni yoki Xudoning yo‘lini tanlashing kerak bo‘ladi. Sening o‘rninga bu tanlovni hech kim qila olmaydi. Sen o‘z yo‘lingni ongli ravishda tark etishing va Xudoning yo‘lida qat’iy turishing kerak.
  2. Xudoning himoyasi va yordamiga umid qilgin. Xudoning hukmronligini tan olganingda va Uning g‘amxo‘r rahbarligiga bo‘ysunganingda, Uning himoyasi va yordamiga umid qilishing mumkin. Bu sening yo‘ling endi gullarga to‘lib toshadi degani emas. Bundan tashqari, Xudo O‘zining adolatli mezonlariga muvofiq hayot kechirishga qaror qilganing uchun azob chekishing mumkinligini aniq aytadi. Biroq Xudoning yo‘lidan yurish gunohlardan xalos bo‘lish, toza vijdon, Masihga guvoh bo‘lish quvonchi va eng muhimi, hayotingda Xudoning borligi kabi ko‘plab barakalarni olib keladi. Demak, agar sen Xudoning yo‘liga ergashsang jismoniy, hissiy, psixologik va boshqa jabhalarda ko‘p foyda olishing mumkin. Xudoning yordami va himoyasi Unga bo‘ysunish uchun asosiy turtki bo‘lmasligi kerak bo‘lsa-da, ammo U, albatta, Uning irodasini bajarishni tanlaganlarni rag‘batlantiradi.

 

"Shunday qilib, agar men Xudoning umumbashariy irodasini bajarish to‘g‘risida qaror qabul qilgan bo‘lsam, kundan-kunga Uning aniq irodasini qanday bilaman?" – deb so‘rashing mumkin.

Xudoning irodasini bilish jarayoni, Jenni yosh dugonalariga tushuntirganidek, to‘rtta tarkibiy qismdan iborat.

Muqaddas Kitob. Xudoning irodasini izlash va tushunish uchun Muqaddas Bitiklarni bilish juda muhimdir. Masalan, Xudo Uni tanib bilmagan inson bilan turmush qurishingni xohlaydimi yoki yo‘qmi degan savol bilan o‘zingni qiynashga hojat yo‘q, chunki Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: "Imonsizlar bilan sherik bo‘lmanglar. Solihlik bilan qabihlikning orasida qanday aloqa bor?! Nur bilan zulmat orasida qanday umumiylik bo‘lishi mumkin?!" (2Kor. 6:14). Agar sen aniq bir holatda Xudoning irodasi deb hisoblagan narsa Muqaddas Yozuvlarga to‘g‘ri kelmasa, demak bu Xudoning irodasi emas, balki aslida sening xohishingdir.

Ibodat. Iso shogirdlariga shunday ibodat qilishni o‘rgatdi: “Bizning osmondagi Otamiz! Sening muqaddas noming ulug‘lansin. Sening Shohliging kelsin. Osmonda bo‘lgani kabi, Yerda ham Sening irodang bajo bo‘lsin...” (Matto 6:9-10). Xudo O‘zining irodasini sendan yashirmaydi: U senga qayerga borishni ko‘rsatishi mumkin va ko‘rsatishni xohlaydi ham. Buni Undan har kuni, har doim va qachon kerak bo‘lsa so‘ragin.

Boshqa odamlarning maslahati. Xudo hayotingda O‘zining irodasini tushunishga yordam beradigan dono, ruhan yetuk masihiylar bo‘lishini oldindan tayyorlab qo‘ygan. Bu sening ota-onang yoki qarindoshlaring bo‘lishi mumkin. Shuningdek, sen ustozing, yakshanba kuni ishlaydigan maktab o‘qituvchisi yoki jamoat xizmatchisidan yordam va ko‘rsatma olishing mumkin. Masihiylarning dono maslahatlari ikkita sababga ko‘ra foydali bo‘lishi mumkin. Birinchidan, boshqa odamning ob’ektiv fikri senga juda shoshilinch, o‘ylamasdan qaror qabul qilishingga to‘sqinlik qilishi mumkin. Ikkinchidan, ruhan yetuk imonli inson, senda yo‘q bo‘lgan hayotiy tajribaga ega.

Vaziyatlar. Ko‘pincha, Xudo bizni o‘zimizga bog‘liq bo‘lmagan tashqi holatlar orqali boshqaradi. Masalan, senda musiqiy iste’dod bor va sen konservatoriyaga kirish imkoniyatiga egasan. Ushbu holatlar sening musiqiy ta’lim olishing kerakligini ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun ularni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak. Boshqa tomondan, sen haqiqatan ham musiqiy qobiliyatlaring bilan Xudoga xizmat qilishni xohlaysan, lekin senda maxsus ma’lumot olish uchun imkoniyat yo‘q. Vaziyatlar sening foydangga emasligi - musiqiy xizmating Xudoga ma’qul kelmaydi degani emas. Faqatgina vaziyatlar har doim ham Xudoning irodasini aniq ko‘rsatolmaydi. Ular bilan bir qatorda sen Muqaddas Kitobda nima deyilganini ko‘rib chiqishing, ibodat qilishing va boshqalarning dono maslahatiga quloq solishing kerak bo‘ladi.

Endi sen Xudoning umumbashariy irodasini bajo keltirmoqdasan deb o‘ylaylik (bu najot, itoatkorlik, Ruhga to‘lish va h.k.z.) va Uning aniq irodasini Kalom, ibodat, boshqalarning maslahati va vaziyatlar orqali izlayapsan deylik. Sen nima qilishni qanday hal qilasan? Oddiy, faqat xohlagan narsangni qil. Muqaddas Kitobda shunday va’da bor: "Egamizni o‘zingning shodliging deb bil, ko‘nglingdagi orzularingga U yetkazadi." (Zab. 37:4). Agar sen Xudoning umumbashariy irodasini bajarsang va Uning aniq shaxsiy irodasini izlasang, unda sen qalbing xohishlariga ergashishing mumkin. Rabbing va Uning irodasi bilan tasalli topganing uchun, agar sening istaklaring biron bir tarzda Xudoning irodasiga mos kelmasa, U senga bu haqda xabar beradi deb umid qilib, imon bilan harakat qilishing mumkin.

Xudoning hayotingga bo‘lgan irodasini bilishga intilayotganingda, sodiq masihiy do‘stlaring bilan ibodat qilish mumkin, yana ular bilan suhbatlashishing ham sen uchun Bobbi va Eshli ishonch hosil qilganidek, katta baraka bo‘lishi mumkin.


Книга на Узбекском языке: Поиски Божьей воли (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)

В этой книге речь пойдет о поисках подростком Божьей воли.

Бобби Франклин, звезда школьной команды по бейсболу, ждет выпускного, с неуверенностью глядя в будущее. Следует ли ему, христианину, бросить любимый бейсбол и посвятить себя служению Богу? Или стать профессиональным спортсменом? И должен ли он жениться на своей подруге Эшли? Бобби стремится понять, чего хочет от него Бог, какова Его воля.

Если у тебя есть друг, который тоже стремится узнать Божью волю, то эта книга принесет пользу и ему: в ней ты найдешь практические советы, как ему помочь.

С помощью правдивой и увлекательной истории Джош Макдауэлл и Эд Стюарт предлагают библейский ответ на вопрос, как узнать Божью волю. Если ты как Бобби, задаешься этим вопросом, то эта книга для тебя.



Shu bobni eshitish:


Download (0 mb)

AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак