911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) 5 bob

Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Худонинг иродасини излаш - (Эшлининг ҳикояси. 2-қисм) Китоб Ўзбек тилидаXudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан

Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

 

MUNDARIJA

Minnatdorchilik

Bobbining hikoyasi. 1-qism

Eshlining hikoyasi. 1-qism

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Bobbining hikoyasi. 2-qism

Eshlining hikoyasi. 2-qism

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Bobbi va Eshlining hikoyasi

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Mualliflar haqida


ESHLINING HIKOYASI. 2-QISM

- Jenni, biz hammamiz Dag bilan qanday tanishganingizni va qachon sevishib qolganingizni bilmoqchimiz? – deb so‘radi Eshli.

Eshli va uning dugonalari Jennining uyida mehmon bo‘lib, vaqtni juda yaxshi o‘tkazayotgandilar. Ularning barchasi xursand edilar. Aslida, Eshli Jennini dugona sifatida yaxshi ko‘rardi va ruhiy ustozi sifatida hurmat qilardi. Yigitlar haqidagi suhbat asta-sekin Jennining eri Dag bilan bo‘lgan munosabatlari haqidagi suhbatga aylandi. Uning hikoyasini eshitish uchun qizlar unga yaqinroq o‘tirishdi. Eshliga, ayniqsa, Bobbi Franklin bilan kelajagining noaniqligidan xavotirda bo‘lganligi uchun bu hikoya juda qiziqarli edi.

- Dag bilan kollejda tanishganman, men ikkinchi kursda o‘qiyotgandim, - deb boshladi Jeni. - U dengiz floti xizmatidan endi qaytgan birinchi kurs talabasi edi.

- O-o-o, dengizchi! - hazil mutoyiba bilan xitob qildi Eshlining dugonasi Dana. Birdaniga hamma kulib yubordi. Jenni davom ettirdi:

- Biz Dag bilan talabalar shaharchasida Xushxabar yetkazardik. Uning hayoti yuz foiz Rabbiyga xizmat qilishga bag‘ishlanganligi men uchun mutlaqo aniq edi, men erkak aynan shunday bo‘lishi kerak deb o‘ylardim. Bundan tashqari, u yetarlicha jozibali edi!

Yig‘ilgan qizlar orasida yana shum kulishlar eshitildi.

- Bu bir ko‘rishda sevgi edimi? - Eshli juda qiziquvchi bo‘lib ko‘rinmaslikka harakat qilib, asta sekin so‘radi. - U senga to‘g‘ri kelishini qanday tushunding?  

- Aslida buni darhol bilmadim, - davom etdi Jenni. - Men Xudo o‘z xohish-irodasini birdaniga emas, balki asta-sekin ochib berishini angladim. Aslida Dag mening e’tiborimni darhol tortdi, bizlarga birgalikda Rabbimizga xizmat qilish zavqli edi. Ammo, Xudo uni aniq men uchun tanlaganini tushunishim uchun deyarli ikki yil kerak bo‘ldi.

- Buni qanday tushunding? - Eshli savol berishda davom etaverdi.

Jenni jilmayib qo‘ydi:

- Xullas, qisqacha aytsam, unga turmushga chiqishni u menga taklif qildi va men rozi bo‘ldim.

Eshli bu safar boshqalar bilan kulmadi. U juda jiddiy qiyofada edi. Uning yuz ifodasini ko‘rib, Jenni hikoyasini davom etdi:

- Kelinglar, men voqeani to‘liq aytib berayin. Demak, ikki yil davomida u bilan uchrashib yurganimizda, hayotimning to‘rtta jabhasida Xudo mendan nimani xohlashini tushunishga harakat qilardim. Dag ham xuddi shu bilan mashg‘ul edi, garchi men bu haqda hech narsa bilmasam ham. Birinchidan, munosabatlarimizda men Muqaddas Kitob tamoyillariga amal qilardim. Ikkalamiz ham masihiy edik, shu sababdan Muqaddas Kitob ta’qiqlaganidek "imonsizlar bilan sherik bo‘lmanglar" kabi so‘zlar haqida gap bo‘lishi mumkin emas edi. Shuning uchun, munosabatlarimizda men vasvasalardan qochishga harakat qilardim va birinchi navbatda o‘zaro ruhiy o‘sishga e’tibor qilishga qaror qilgandim.

- Turmush qurganlaringda bokira edingmi? - Jeymi to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘radi, bunday savoldan dugonalarining ko‘zlari kattalashib ketdi.

- Ha, men bokira edim, - dedi Jenni asta jilmayib. - Ikkalamiz ham, nikohdan oldin o‘z pokligimizni saqlashga qaror qildik, garchi bu oson bo‘lmasa ham.

Eshli Jennidan bu masaladagi ochiqligi va samimiyligi uchun minnatdor edi. U va Bobbi ham turmush qurishdan oldin shunday qaror qilishgandi. Biroq, shunday lahzalar ham bo‘lganki, agarda Bobbi Eshlini shunga ko‘ndirganida, u bunga rozi bo‘lishga tayyor edi. Ammo Bobbi hech qachon bunday qilmagan.

- Ikkinchidan, men ibodat orqali Xudoning irodasini bilishga harakat qildim, - deb davom etardi Jenni. - Agar biz birga bo‘lishimiz mumkin bo‘lsa va bunga to‘sqinlik qilinmasa men Xudodan munosabatlarimizga yashil chiroq yoqishini so‘rardim, yoki aksincha, ularning rivojlanishiga qarshilik ko‘rsatsin, deb iltijo qilardim. Uchinchidan, men ruhiy jihatdan yetuk masihiylardan maslahat so‘radim. Aslida men Dag bilan munosabatlarimiz haqida ob’ektiv fikrni eshitishni istadim. To‘rtinchidan, bizni yaqinlashtirgan ba’zi bir vaziyatlarga e’tibor qildim. Demak, biz ikkalamiz ham Xudoga butun hayotimiz bilan xizmat qilishga intilardik, ammo u ham, men ham professional xizmat uchun chaqirilganimizni his qilmasdik. Biz bir jamoa sifatida birgalikda ishladik va biz birga bo‘lishni yoqtirardik. Shu sababli ikki yil davomida Xudo bizning munosabatlarimizga yashil chiroq berganligini kuzatib, turmush qurishga qaror qildik.

- "Biz qaror qildik" degani nimani bildiradi? - Eshlidan birdaniga savol chiqib ketdi. - "Xudo qaror qildi" - deb, aytmoqchisan, shundaymi?

- Bu aslida Xudo, men va Dag qaror qilgan holat edi, - dedi Jenni tabassum bilan. - Men Dag bilan bo‘lgan munosabatlarimiz Xudoga ma’qul kelganligini tushunardim, lekin Xudo mening o‘rnimga qaror qilmadi. Aslida, Dag bilan men qaror qabul qilishimiz kerak edi. Axir, Rabbimiz bizni shunchalik yaxshi ko‘radiki, agar bizning asosiy xohishimiz Uni sevish bo‘lsa, demak u qalbimiz istaklaridan lazzatlanishimizni istaydi. Aslida, agar Dagga turmushga chiqmaslikni qaror qilganimda yoki u menga uylanmaslikni qaror qilganida, ehtimol, men boshqa bir yaxshi masihiy yigitni uchratgan bo‘lardim va u Xudoning irodasi bilan mening erimga aylanar edi. Biroq, yuragimning xohishi aynan Dag edi va men uni tanlagandim, u esa meni tanlagandi. Turmushimizning o‘n bir yili mobaynida men bundan hech qachon afsuslanmaganman.

Eshliga bu gaplar unchalik yoqmadi. Xudodan keyin uning yuragi Bobbini orzu qilardi, lekin agar Bobbi unga nisbatan shunday munosabatda bo‘lmasachi? U Xudo qaror qabul qilishini, ya’ni ularni bir-biri uchun tanlaganini xohlardi. O‘zining kelajagi haqida Xudodan tashqari boshqa kimdir bilan gaplashishi kerakligini anglashning o‘zi unga og‘riq keltirardi. Va bu "kimdir" Bobbi Franklin edi.


Книга на Узбекском языке: Поиски Божьей воли (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)

В этой книге речь пойдет о поисках подростком Божьей воли.

Бобби Франклин, звезда школьной команды по бейсболу, ждет выпускного, с неуверенностью глядя в будущее. Следует ли ему, христианину, бросить любимый бейсбол и посвятить себя служению Богу? Или стать профессиональным спортсменом? И должен ли он жениться на своей подруге Эшли? Бобби стремится понять, чего хочет от него Бог, какова Его воля.

Если у тебя есть друг, который тоже стремится узнать Божью волю, то эта книга принесет пользу и ему: в ней ты найдешь практические советы, как ему помочь.

С помощью правдивой и увлекательной истории Джош Макдауэлл и Эд Стюарт предлагают библейский ответ на вопрос, как узнать Божью волю. Если ты как Бобби, задаешься этим вопросом, то эта книга для тебя.



Shu bobni eshitish:


Download (0 mb)

AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак