911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) 4 bob

Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Худонинг иродасини излаш - (Боббининг ҳикояси. 2-қисм) Китоб Ўзбек тилидаXudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан

Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

 

MUNDARIJA

Minnatdorchilik

Bobbining hikoyasi. 1-qism

Eshlining hikoyasi. 1-qism

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Bobbining hikoyasi. 2-qism

Eshlining hikoyasi. 2-qism

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Bobbi va Eshlining hikoyasi

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Mualliflar haqida


BOBBINING HIKOYASI. 2-QISM

Bobbi Franklin dam olish kunini intiqlik bilan kutar edi. Jamoat yoshlari guruhidan to‘rttasi yaqinlashib kelayotgan maktabni bitirish kunini baliq ovlash va shunchaki yaxshi vaqt o‘tkazish uchun tog‘da uch kunlik safar bilan nishonlashga qaror qilishdi. Ulardan ikkitasi, Bleyk va Ien boshqa shtatdagi kollejga jo‘nab ketishi kerak edi, Bobbi va Jeff esa hali kuzda qayerda bo‘lishlarini bilishmasdi. Shuning uchun yoz oxirida bir birlaridan ajralishdan oldin, ular birgalikda vaqt o‘tkazishga qaror qilishdi.

To‘rtalasi bir ovozdan Dag Shouni o‘zlari bilan safarga chaqirishga qaror qilishdi. Dag va uning rafiqasi Jenni ularning jamoatlarida yoshlar bilan ishlashni tashkil qiluvchi ko‘ngilli edilar. Safarga chiqishlarni juda yoqtirgan Dag ularning taklifiga darhol rozi bo‘ldi. Rafiqasi Jenni esa o‘sha vaqtga o‘z uyiga bir nechta qizlarni taklif etdi, jumladan, Eshli Shepardni ham.

Bobbi va Dag bir yil davomida yelkama-elka ishlashdi. Bobbi yoshlar guruhi rahbariyatida faol ishtirok etgandi. Shu sabab u Dagni Masihdagi katta akasi deb bilardi. Bleyk, Ien va Jeff ham ko‘p marta Dagning maslahatlaridan va yordamidan foydalanishgan. Bobbi ularning beshovloni vaqtlarini yaxshi o‘tkazishiga amin edi. Shuningdek, u Dag bilan suhbat chog‘ida kelajak haqidagi savollariga javob olishi imkoniyatiga ega bo‘lishiga umid qilardi.

Juma kuni katta sinf o‘quvchilarida dam olish kuni edi, demak ertalab ular tog‘ sari jo‘nashdi. Kunning yarmida ular to‘xtab tushlik qilishdi, so‘ngra ryukzaklarini qattiqroq bog‘lashib o‘rmon tomon yo‘l olishdi. Kechki soat oltida ular tog‘dagi toza suvli ko‘l atrofida to‘xtash uchun ajoyib joy topdilar. Soat olti yarimga yaqin ular kechki ovqatni dabdabali o‘tkazish uchun yetarlicha xon baliq tutishga musharraf bo‘lishdi.

Kechki ovqatdan so‘ng ular tabiatdan bahra olib charsillagan gulxan atrofida o‘tirishardi, Dag va to‘rtta yigit maktab hayotidan qiziqarli voqealar bilan o‘rtoqlashib kulishardi. Albatta ular beysbol haqida juda ko‘p gaplashishardi, hazillari esa ko‘pincha ularning shaharlarida taniqli bo‘lgan Bobbi haqida edi. Bobbi ham ularga qo‘shilib hazillashardi va hamma bilan kulardi.

 Suhbatlari qisqa vaqtga to‘xtagach, Bobbi kun bo‘yi o‘ylab yurgan savolini berishga qaror qildi:

- Dag, qayerda o‘qishni, hayotda nima qilishni va qolgan hammasini sen qay tariqa hal qilding?

            O‘ylanib, Dag gulxan ichiga bir oz o‘tin tashladi.

- Men qanday qilib qaysi iste’dod va qobiliyatlarim bor ekanligini aniqladim demoqchimisan?

- Ha, ular bilan nima qilishni qanday hal qilding?

Dag jilmaydi.

 - Ya’ni, sening yoshingda bo‘lganimda o‘z hayotimda Xudoning irodasini qanday qilib aniqlaganimni so‘ramoqchisan, shundaymi?

Bobbi darhol qizarib ketdi. Aslida ham aynan shuni so‘ramoqchi ekanligi aniq bo‘lib qoldi.

- Ha, shunday.

Gulxanning notekis nurida boshqalar uning yuzi qanday o‘zgarganini sezishmadi. Bundan tashqari Bleyk, Ien va Jeff Dagga qarab, uning javobini kutishayotgandi.

Bir necha soniya davomida Dag jimgina gulxanda ko‘mirni aralashtirardi. Keyin u gapira boshladi:

- Maktabni tugatganimda, men ham xuddi sizlardek masihiy edim. Va kelajakdagi hayotim uchun Xudoning rejalari haqida bilishni juda xohlardim. Maktabda doimo texnik fanlar va tashkilotchilik qobiliyatlarim yaxshi bo‘lgan. Va men kompyuterlar savdosi, texnik xizmat ko‘rsatish bilan yoki shunga o‘xshagan boshqa narsalar bilan shug‘ullanishim mumkin deb o‘ylardim.

- Senda axir kichikroq bosmaxonang borku, - dedi Bleyk. - Ya’ni, hozir sen taxminan xohlagan ishing bilan shug‘ullanyapsan desa bo‘ladi.

- Ha, shunday, lekin bosmaxonam menda har doim bo‘lmagan, - dedi Dag.

Bobbi Dag va uning hayoti haqida deyarli hech narsa bilmasligini tushundi, faqat so‘nggi uch yil bundan mustasno edi. Endi u haqida ko‘proq bilishni juda xohlagandi.

- Sen ilgari nima qilarding? - deb so‘radi u. Bobbining uchta do‘sti ham qiziqish bilan javobni kutardilar.

            - Men ikki yil dengiz flotida bo‘ldim, to‘rt yil kollejda va yetti yil otamning mebel do‘konida ishladim.

Bobbining ko‘zlari kattalashib ketdi, u hayron qoldi.

- Qanday qilib Xudo seni dengiz flotidagi xizmatdan kollejga, kollejdan mebel do‘koniga, so‘ngra bosmaxonaga olib keldi?

Dag asta kulib qo‘ydi.  

- Bu uzun hikoya va men sizga uni jonim bilan aytib beraman. Lekin, avvalo, sizlarga Xudoning irodasi haqida bir oz gapirib bermoqchiman - men buni maktabda o‘qituvchimdan eshitgandim. Aslida bu menga hayotimda katta yordam berdi va shu tufayli men hozir bo‘lishim kerak bo‘lgan joyimdaman. - Shu payt Dag qo‘liga tayoq olib, yerga gorizontal chiziq chizdi. - Xudo irodasining ikkita darajasi mavjud. Birinchisi, Xudoning irodasi hamma uchun yoki mening cho‘ponim aytganidek, Xudoning umumbashariy irodasi. - Dag tayoqchasi bilan chiziq ustidagi bo‘shliqni ko‘rsatdi. U tayoqning uchini pastga tushirib, davom etdi: - Ikkinchisi esa Xudoning har bir inson uchun irodasi. Ko‘pchilik Xudoning ularga nisbatan irodasini aniq bilishni istashadi, lekin Uning barcha odamlar uchun irodasini e’tiborsiz qoldiradilar. Bu jiddiy muammodir. Agarda biz Xudoning umumbashariy irodasini bajarishni istamas ekanmiz, unda nega Xudo bizga O‘zining aniq irodasini ochib berishi kerak ekan?

- Xudoning umumbashariy irodasi deb aytganingda, sen nimani nazarda tutding? - deb so‘radi Bleyk.

- Har bir kishi uchun aniq va ravshan bo‘lgan Xudoning irodasi Muqaddas Kitobda ochiq yozilgan - deb javob berdi Dag. - Masalan, biz Kalomdan bilamizki, Xudo hamma najot topishi uchun Masihga murojaat qilishini istaydi. Yoki Salonikaliklarga birinchi maktubning 5 bob 17-oyati: "Tinmay ibodat qilinglar" deganini eslang. Demak, biz doimo ibodat qilishimiz va U bilan do‘st bo‘lib yashashimiz – Xudoning irodasi ekanligini bilishimiz lozim. Xudo bizga o‘z irodasini Muqaddas Kitobda ochib beradi. Yigitlar, balki siz ham biror misollarni eslarsiz?

            - U bizlar bir-birimizni sevishimizni xohlaydi, - eslatdi Bobbi.

            - Ha, albatta, har kim boshqalarni sevishi Xudoning irodasidir, - deya rozi bo‘ldi Dag.

            - Ota-onangizga bo‘ysunishga nima deysiz? - taklif qildi Ien.

Dag ma’qullagancha boshini irg‘adi.

Yigitlar Muqaddas Kitobdan yana bir nechta amrlarni esladilar. Keyin Dag shunday dedi:

- Maktabning oxirgi sinflarida men cho‘ponimning oldiga borib undan kollejga borishim Xudoning irodasimi yoki yo‘qmi, buni qanday bilishim kerakligini so‘radim? Bu savolimga javoban u mendan “Masihni Najotkorim deb bilasanmi? Ota-onangga bo‘ysunasanmi? Pok hayot kechirasanmi?” degan savollar berdi. Meni bunday savollar shu qadar hayratga solgandiki, cho‘pon shoshilib menga tushuntira boshladi: "Agar sen Xudoning umumbashariy irodasini bajarmasang, unda aniq bir holatda Uning irodasini qidirishdan foydasi yo‘q". Men uning so‘zlarini umrimning oxirigacha eslab qoldim. Men tushundimki, shaxsan biz uchun Xudoning irodasini bilishning kaliti - bilganlarimizni bajarishdir.

Dag gapini davom ettirayotganida, Bobbi o‘zini biroz tekshirib ko‘rishdan to‘xtata olmadi. Aslida u doim Xudoning irodasini bajarganmi? Afsuski, Bobbi mukammallikdan yiroqligini tan olishi kerak edi. Garchi u chin dildan Xudoning Kalomiga itoat etishga harakat qilgan bo‘lsa ham. U imoniga juda jiddiy munosabatda edi, hatto ota-onasiga bo‘ysunmaslik yoki o‘zining pokligi bilan murosaga kelish vasvasasi bo‘lganda ham. Albatta u hali ruhiy jihatdan o‘sishi kerak edi, lekin Bobbi uchun Masihga va Uning So‘ziga itoat qilish eng muhimi edi.

Bobbi Dag o‘z hikoyasining ikkinchi qismiga o‘tishini kutib turolmasdi, chunki uni eng yaqin kelajagiga oid Xudoning irodasi ko‘proq tashvishlantirardi.


Книга на Узбекском языке: Поиски Божьей воли (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)

В этой книге речь пойдет о поисках подростком Божьей воли.

Бобби Франклин, звезда школьной команды по бейсболу, ждет выпускного, с неуверенностью глядя в будущее. Следует ли ему, христианину, бросить любимый бейсбол и посвятить себя служению Богу? Или стать профессиональным спортсменом? И должен ли он жениться на своей подруге Эшли? Бобби стремится понять, чего хочет от него Бог, какова Его воля.

Если у тебя есть друг, который тоже стремится узнать Божью волю, то эта книга принесет пользу и ему: в ней ты найдешь практические советы, как ему помочь.

С помощью правдивой и увлекательной истории Джош Макдауэлл и Эд Стюарт предлагают библейский ответ на вопрос, как узнать Божью волю. Если ты как Бобби, задаешься этим вопросом, то эта книга для тебя.



Shu bobni eshitish:


Download (0 mb)

AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак