911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) 3 bob

Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Худонинг иродасини излаш - (Аудиокитоб) Китоб Ўзбек тилидаXudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан

Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

 

MUNDARIJA

Minnatdorchilik

Bobbining hikoyasi. 1-qism

Eshlining hikoyasi. 1-qism

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Bobbining hikoyasi. 2-qism

Eshlining hikoyasi. 2-qism

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Bobbi va Eshlining hikoyasi

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Mualliflar haqida


O‘YLAB KO‘RISH UCHUN VAQT

"Qanday qilib Xudoning irodasini bilsam bo‘ladi?" Bu axir o‘smirlarning o‘z ruhiy murabbiylariga beradigan keng tarqalgan savollaridan biri. Ularning ko‘pchiligida Xudoning irodasi to‘g‘risida samimiy va jiddiy savollar ko‘p paydo bo‘lardi. Aslida ba’zilar bu haqda gapirishardi, boshqalari sukut saqlashardi, lekin ular juda xavotirda edilar va hatto ayrimlari uyqusini yo‘qotishardi.

Nega Xudoning irodasini bilish sizning yoshingizdagi odamlar uchun muhim masala? Chunki, sizlar ham Bobbi Franklin va Eshli Shepard singari, shu davrda hayotingizdagi eng muhim qarorlarni qabul qilasiz. Birinchi qaror - hayotingizni kim boshqarishi haqida. Ko‘rib turganingizdek, Bobbi va Eshli allaqachon bu savolga javob topishgan. Ikkalasi ham o‘z hayotlarini Iso Masihga ishonib topshirganlar va ularga ochilganidek, Uning Kalomi va Uning irodasiga bo‘ysunib yashashadi. Ehtimol, siz ham allaqachon shunday qaror qabul qilgandirsiz.

Ikkinchi hayotiy muhim qaror nikohga tegishli: siz umuman turmush qurmoqchimisiz, erga tegmoqchimisiz, agar shunday bo‘lsa, kim bilan taqdiringizni bog‘lamoqchisiz? Aslida Eshli hozirda bu masalani hal qilmoqda, chunki u kimga turmushga chiqmoqchi ekanligini biladi, lekin Bobbi bilan turmush qurish Xudoga ma’qul kelishiga amin emas. Bu ikki baravar qiyin savol, chunki u boshqa odamning ishtirokini nazarda tutadi. Eshli Bobbi bilan birga bo‘lishida Xudoning irodasi bor deb o‘ylashi mumkin, lekin Bobbi Xudoning irodasini boshqacha tushunsa, Eshlining fikri unchalik ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Ehtimol, siz allaqachon kim bilandir uchrasharsiz va sizlarda - yigitingizda, yoki qiz do‘stingizda - nikohingizga oid Xudoning irodasi to‘g‘risida jiddiy savollaringiz bordir.

Uchinchi muhim qaror ish faoliyatingizga taalluqli. Hayotda nima bilan shug‘ullanmoqchisiz? Buning uchun sizga qanday ta’lim olish kerak bo‘ladi? Hayotingizga ta’sir qiladigan qarorni yaqin bir necha yil ichida qabul qilish kerakligini o‘ylab xavotirdamisiz? Siz yolg‘iz emassiz.

Agarda siz ham Eshli va Bobbi singari Masihga ergashishga qaror qilgan bo‘lsangiz, unda siz nikohga va kelgusidagi ish faoliyatingizga oid qarorni qabul qilishingiz ancha osonroq bo‘ladi. Xudo sizni cheksiz sevadi va U sizning hayotingiz uchun ajoyib reja tayyorlab qo‘yibdi. Muqaddas Kitobda shunday yozilgan: "Axir, Men sizlar to‘g‘ringizda tuzgan rejalarimni bilaman, - deb aytmoqda Egamiz. - Bu rejalarim sizlarga kulfat emas, farovonlik olib keladi, yorug‘ kelajagu umid beradi" (Yerem. 29:11). Xudo yana shunday deydi: "Sizlarga Men yo‘l ko‘rsataman, Yuradigan yo‘llaringizni o‘rgataman, Maslahat beraman, sizlarni kuzataman" (Zabur 31:8). Sizga keraklisi shuki - bu qanday reja ekanligini tushunib olish, Xudoning irodasi qanday ekanligini bilib olish, shunda sizda xavotirga o‘rin qolmaydi.

Gapirishga oson, deb aytishingiz mumkin. Hayotda ko‘rib turibmizki imonda bo‘lgan ko‘pgina o‘smirlar Xudoda ular uchun rejasi borligini bilishadi, lekin ular qanday reja va u nimadan iborat ekanligini tasavvur qilolmaydilar. Xudoning bizlar uchun rejasi bor, lekin u ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi yoki noto‘g‘ri tushuniladi. Nima uchun? Chunki ko‘p odamlar Xudoning irodasi haqida noto‘g‘ri tushunchaga ega va ular shu tushunchalarning asirida. Masalan, quyida keltirilgan fikrlar kabi. Ehtimol siz ham ularning ba’zilariga qo‘shilasiz.

Xudoning irodasi yashirilgan va men uni topishim kerak. Ba’zi odamlar Xudoning irodasini tushinishni - yashirin xazinani topishga o‘xshatishadi. Xudo sizning savollaringizga javoblarini yashiradi, agar ularga javob topolmasangiz, sizning o‘zingiz uchun yomonroq. Biroq, bunday yondashuv Xudoning Kalomiga ziddir. Xudo siz bilan aslo o‘yin o‘ynamaydi. U O‘z irodasini sizga ochiq, tushunarli yetkazishni istaydi, agar siz uni qabul qilishga tayyor bo‘lsangiz albatta.

Xudoning irodasini bilmoqchi emasman, chunki bu menga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Ba’zilar esa Xudoning irodasini bilishdan qo‘rqishadi. Ularning fikriga ko‘ra, Xudo ulardan o‘zlariga yoqmagan odamga turmushga chiqishini yoki o‘zlariga yoqmaydigan ish bilan, masalan, changalzorga missioner sifatida xizmat qilishini talab etishi mumkin deb o‘ylashadi. Ammo, Xudo haqiqatan ham shunday yo‘l tutadimi? U bizning baxtsiz bo‘lishimizni istaydimi? Muqaddas Kitob bu savollarga salbiy javob beradi: "Xudo O‘z O‘g‘lini ayamay, hammamiz uchun Uni fido qilgan bo‘lsa, Unga qo‘shib, qolgan hamma narsani ham bizga ato qilmasmikan?!" (Rim. 8:32). Demak, Xudo bizning eng chuqur ehtiyojlarimizni qondirish uchun kerak bo‘lgan barchasini saxiylik bilan berishni xohlaydi.

Men Xudoning irodasini qisman bajarishga roziman. Bunday qarashga ega bo‘lgan odamlar hech qachon Xudoning irodasini tushunmasligi mumkin. Bu xuddi bir oyog‘i gaz pedalda, ikkinchisi esa tormozda bo‘lgan holatda mashinani haydashga o‘xshaydi. Dastlab biz: "Rabbim, menga irodangni ko‘rsat", deymiz, so‘ngra darhol: "Men bu qismni bajarishni xohlamayman" - deb aytamiz. Agar Xudo bugun bizdan nimani xohlashini ko‘rsatayotgan bo‘lsa va biz buni bajarishni xohlamasak, nima uchun U bizga ertaga nimani qilishimizni aytishi kerak? Biz, Xudo bizdan istayotgan hamma narsani bajarishga intilishimiz kerak.

Men avval Xudoning irodasini bilmoqchiman, uni bajarishni xohlaymanmi yoki yo‘qmi tushunishim lozim. Xudoning irodasini bilmoq va tushunmoq - yangi mashina sotib olish bilan barobar emas. Siz Xudoning irodasini “sotib olish” yoki “sotib olmasligini” o‘ylab ko‘rish uchun Uni “sinab” ko‘rishingiz shart emas. Siz uni bajarishni yoki istaysiz, yoki yo‘q. Faqat o‘z xohishlaringizdan ko‘ra, Xudoning irodasini bajarishni ko‘proq istaganingizda, Uning hayotingiz uchun irodasini bilishingiz mumkin.

Endi ushbu noto‘g‘ri fikrlarni to‘g‘ri bo‘lgan ta’limot bilan taqqoslang: men Xudoning irodasi qanaqa bo‘lishidan qat’iy nazar, bajarishni xohlayman. Mukofotlanadigan yagona yo‘l - bu Xudoning irodasi ma’lum bo‘lmasdan oldin uni qabul qilishga tayyor bo‘lishdir. Zabur xonishchisi aynan shunday yo‘lni ko‘rsatdi: "...Sening xohishingni ado etishdan zavq olaman, Ey Xudoyim, Sening qonuning yuragim to‘ridadir" (Zab. 39:9). Xudo O‘zining niyatini qabul qilishga va O‘zining irodasiga bo‘ysunishga tayyor bo‘lganlarga irodasini ochib berishni xohlaydi.

Ko‘rib turganingizdek, Bobbi va Eshli to‘g‘ri yo‘nalishda borishyapti. Garchi ular Xudoning niyatini hali bilmasliklaridan biroz xavotirga tushsalarda, ikkalasi ham Xudoning irodasini bajarishni xohlashadi, bu esa eng muhimi. Buni aniqroq ko‘rish uchun ularga ozgina yordam kerak, xolos. Bunday munosabat har doim mukofotlanadi, buni yaqinda ikkalasi tushunib yetadi.


Книга на Узбекском языке: Поиски Божьей воли (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)

В этой книге речь пойдет о поисках подростком Божьей воли.

Бобби Франклин, звезда школьной команды по бейсболу, ждет выпускного, с неуверенностью глядя в будущее. Следует ли ему, христианину, бросить любимый бейсбол и посвятить себя служению Богу? Или стать профессиональным спортсменом? И должен ли он жениться на своей подруге Эшли? Бобби стремится понять, чего хочет от него Бог, какова Его воля.

Если у тебя есть друг, который тоже стремится узнать Божью волю, то эта книга принесет пользу и ему: в ней ты найдешь практические советы, как ему помочь.

С помощью правдивой и увлекательной истории Джош Макдауэлл и Эд Стюарт предлагают библейский ответ на вопрос, как узнать Божью волю. Если ты как Бобби, задаешься этим вопросом, то эта книга для тебя.



Shu bobni eshitish:


Download (0 mb)

AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак