911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) 2 bob

Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Худонинг иродасини излаш - (Эшлининг ҳикояси. 1-қисм) Китоб Ўзбек тилидаXudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан

Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

 

MUNDARIJA

Minnatdorchilik

Bobbining hikoyasi. 1-qism

Eshlining hikoyasi. 1-qism

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Bobbining hikoyasi. 2-qism

Eshlining hikoyasi. 2-qism

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Bobbi va Eshlining hikoyasi

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Mualliflar haqida


ESHLINING HIKOYASI. 1-QISM

Eshli ko‘z yoshlaridan uyaldi, lekin ularni to‘xtata olmadi. O‘yin tugagach, u to‘satdan o‘ylab qoldi: “Bu munosabatlarimizning tugashining boshidir. Bir necha oydan kamroq vaqt ichida, u o‘qishni tugatadi va Bibliya kollejiga boradi, yoki boshqa joyda beysbol o‘ynaydi. U ko‘plab boshqa qizlarni uchratadi va men haqimda unutadi. Unda men nima qilaman?”

Deyarli uch yil oldin ular uchrashishni boshlashganida, Eshli Bobbiga qachondir turmushga chiqishiga mutlaqo amin edi. U yangi familiyasini yozishda allaqachon mashq qilgandi: Eshli Janin Franklin, xonim Robert Franklin, janob va xonim Robert Franklin, Bobbi va Eshli Franklin. U chinni, dasturxon va mebel kataloglarini to‘plardi, uy jihozlari uchun jurnallarni sotib olardi. U hatto qachondir tug‘ilishidan umidvor bo‘lgan farzandlar uchun ismlar ham topib qo‘ygan edi: kichik-Bobbi, Bret, Brittaniy va Bess.

Biroq aslida, u bularning barchasini yashirincha qilardi va bu haqda hech kimga, ayniqsa Bobbiga bildirmaslikga harakat qilardi. Bobbi o‘qish, beysbol va jamoatdagi yoshlar guruhi bilan shu qadar band ediki, ehtimol ular nima uchun birga bo‘lishi kerakligi haqida hatto o‘ylamagan bo‘lsa kerak. Bu ular uchun Xudoning irodasi ekanligiga Eshli zarracha shubha qilmasdi. Ular bir-biriga juda mos edilar. Biroq, Bobbi buni o‘zi tushunib yetishi kerak edi.

Ammo u tushunib yetarmikan? Aynan shu savol uning ko‘z yoshlarining sababchisi edi. Agarda Bobbi bularning hech birini ko‘rmagan yoki anglamagan bo‘lsa-chi? Agar uning butun hayoti beysbol yoki jamoatdagi xizmati atrofida qurilgan bo‘lsa-chi? Yoki u allaqachon boshqa, o‘ziga ko‘proq mos bo‘lgan qizni topdimikan? Eshlining ota-onasi uni universitetga o‘qishga kirishini istashardi, oqibatda Bobbi qayergadir jo‘nab ketsa endi Eshli uni boshqa qizlar bilan tanishishdan to‘xtata olmasdi. Shuning uchun ham, beysbol mavsumining tugashi bu qo‘rquvni birdaniga qaytardi.

- Nega yig‘lab yubording? - deb so‘radi Bobbi, Eshli ko‘z yoshlarini artayotganida. Ular birgalikda uning jamoasining avtobusi tomon yurishdi. Bobbi yuvinib olish, kiyimini almashtirish va javonining ichini taxlash uchun maktabga qaytib borishi kerak edi.

- Xavotir olma, hammasi joyida. Bu shunchaki o‘yindagi hissiyotlar, deb o‘ylayman, - deb javob berdi Eshli, yig‘lashdash to‘xtab va ko‘zlarini yashirib. Bobiga ko‘z yoshlarining asl sababini ayta olmaganligi uchun u o‘zini biroz aybdor his qilardi.

- Ha, men bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatmadim, ammo bu shunchaki o‘yin, xavotir olma

- To‘g‘ri aytasan, bu shunchaki o‘yin, - dedi u, Bobbi nima uchun yig‘laganini so‘rashni to‘xtatganidan, yengil tortib.

- Maktabdagi barcha ishlarimni tugatish uchun menga taxminan bir soatlarcha vaqt kerak bo‘ladi, - dedi Bobbi avtobusga yetib kelganlarida. Bobbining jamoadoshlari va do‘stlari u yoq-bu yoqqa shoshilishardi.

- Agar xohlasang, keyinroq uchrashishimiz mumkin.

- Ha, albatta, ishingni tugatib kel. Onam bugun tungi smenada ishlaydi. Ovqatlanish uchun biron bir joyga chiqishimiz mumkin.

- Ajoyib, demak bir soatdan keyin ko‘rishguncha.

Xayrlashayotib, Bobbi uning peshonasidan yengil o‘pdi va avtobusga chiqdi. Eshli yana ko‘z yoshlarini yashirish uchun boshqa tomonga o‘girildi. “Yaqinda biz batamom xayrlashamiz”- deb o‘yladi u.

Bobbining ota-onasi Eshlini uyiga tashlab o‘tishdi. U uyda hech kim yo‘qligini ko‘rib, yengil tortdi. Uning asablari tarang edi, onasi uning ahvolini tushunmasdi. Eshli zaifligi uchun o‘ziga tanbeh berardi. "Agar Xudo bizni birga bo‘lishimizni xohlasa, demak shunday bo‘ladi", dedi u o‘ziga. "Bobbi men kabi Xudoning irodasini har doim bajarishga intiladi va hatto u kollejga ketsa ham yoki yana beysbol o‘ynasa ham, u menga qaytib kelish yo‘lini topadi deb o‘ylayman".

Uning odatdagi g‘amgin savollari, u so‘nggi bir necha oy ichida o‘zidan uzoqlashtirishga harakat qilgan savollar, uni xuddi bezovta qiluvchi pashshalar singari qiynay boshladi. «Agar sen Xudoning irodasi haqida adashayotgan bo‘lsang nima qilasan? Bobbi bilan turmush qurishing kerakligini qayerdan aniq bilasan? Buning tasdig‘ini Muqaddas Kitobning qaysi qismida topding? Yoki sen shunchaki xayolparastlik qilyapsanmi va bu Xudoning irodasi emas, balki shunchaki sening xohishingmi?"

Bu savollar ortidan boshqa savollar ham kelardi. «Agar Bobbi bilan turmush qurmasam nima bo‘ladi? Ish sohasida martabada ko‘tarilaymi? Bobbidan boshqasi bilan bo‘lishni istamasam ham, boshqa yigitlar bilan uchrashishim shartmi? Bularning barchasi Bobbini sevganimdek seva olmaydigan odamga turmushga chiqishim bilan tugamaydimi?”

Eshli bu savollarning barchasiga javob topolmadi. Bunday narsalarni aniq bilish mumkinmi? U holda qay tazrda bilib olish mumkin? Maktabni bitirish kunigacha atigi bir yarim oy qoldi va noaniqlik yanada oshardi.

Eshli Bobbining kelishigacha ko‘zlaridagi yosh quriganidan xursand edi. Ular birgalikda pitseriyaga borishdi. Eshli bugun juda kamgap edi. Baxtiga, uning gapirishiga hojati ham yo‘q edi. Pitsseriya allaqachon chempionlikni boy berganini unutishni boshlagan maktab do‘stlariga to‘la edi. Eshli vaqtini yaxshi o‘tkazdi va keyin Bobbidan uni uyiga kuzatib qo‘yishini so‘radi.

Bobbi bilan yana bir bor xayrlashib, u yana yig‘lab yuborishiga sal qoldi. “Men kim bilandir gaplashishim lozim” - tushundi Eshli. "Men qanday qilib Xudoning irodasini bilish mumkinligini bilib olishim kerak, aks holda aqldan ozaman". U do‘sti uyga qaytayotib xuddi shu savol haqida o‘ylayotganini bilmas edi.


Книга на Узбекском языке: Поиски Божьей воли (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)

В этой книге речь пойдет о поисках подростком Божьей воли.

Бобби Франклин, звезда школьной команды по бейсболу, ждет выпускного, с неуверенностью глядя в будущее. Следует ли ему, христианину, бросить любимый бейсбол и посвятить себя служению Богу? Или стать профессиональным спортсменом? И должен ли он жениться на своей подруге Эшли? Бобби стремится понять, чего хочет от него Бог, какова Его воля.

Если у тебя есть друг, который тоже стремится узнать Божью волю, то эта книга принесет пользу и ему: в ней ты найдешь практические советы, как ему помочь.

С помощью правдивой и увлекательной истории Джош Макдауэлл и Эд Стюарт предлагают библейский ответ на вопрос, как узнать Божью волю. Если ты как Бобби, задаешься этим вопросом, то эта книга для тебя.



Shu bobni eshitish:


Download (0 mb)

AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак