911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) 1 bob

Джош Макдауэлл, Эд Стюарт. Худонинг иродасини излаш - (Боббининг ҳикояси. 1-қисм) Китоб Ўзбек тилидаXudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

«Психологик биринчи тез ёрдам» туркумидан

Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart) O‘zbek tilida Audiokitob

 

MUNDARIJA

Minnatdorchilik

Bobbining hikoyasi. 1-qism

Eshlining hikoyasi. 1-qism

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Bobbining hikoyasi. 2-qism

Eshlining hikoyasi. 2-qism

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Bobbi va Eshlining hikoyasi

O‘ylab ko‘rish uchun vaqt

Mualliflar haqida


BOBBINING HIKOYASI. 1-QISM

Bobbi Franklin qo‘lidagi bita bilan bazaga yaqinlashayotganda, u muxlislarning uni olqishlayotganini deyarli eshitmadi. Minbarda uning ota-onasi va do‘sti Eshli o‘tirardi. U yerda jamoatdan ko‘plab do‘stlari ham bor edi. U ularning barchasini yaxshi ko‘rardi va o‘yinga kelishlarini xohlardi, ammo hozir uning barcha fikrlari o‘yinga qaratilgandi. Uning jamoasi yutqazadimi yoki g‘alaba qozonadimi? Bu uning maktab sharafi uchun qatnashayotgan so‘nggi matchi bo‘lib, u butun e’tiborini o‘yinga qaratgandi. Uning ushbu qobiliyati va shuningdek, ajoyib o‘yini, uni maktab jamoalari orasida yilning eng yaxshi o‘yinchisi unvoniga asosiy nomzodga aylantirdi.

Bugun butun chempionatning taqdiri hal bo‘layotgandi. Maydonda to‘pni qaytarish zonasida o‘z o‘rnini egallagach, Bobbi bita bilan sinov tariqasida bir necha bor zarbalarni amalga oshirdi. U nima qilish kerakligini aniq bilardi - uning jamoadoshlari birinchi va uchinchi bazani egallay boshlashgandi va endi u to‘pni ichki maydondan chiqarishi lozim edi. Yaxshi zarba uning jamoasiga g‘alaba olib kelishi mumkin edi, shuningdek, xato tufayli ushbu match - uning maktabdagi beysbol bo‘yicha oxirgi o‘yin - yutqazilgan bo‘lishi mumkin edi.

U to‘pni past va zonadan tashqariga uloqtiradi", - derdi Bobbi o‘ziga to‘pni yetkazib beradigan raqib jamoa o‘yinchisiga diqqat bilan qarab, - U xato qiladi. Kutib tur, keyin to‘pni urib qaytar”.

Pitcher (to‘p uloqtiruvchi) qo‘lini aylantirib, to‘pni tashlashga tayyorlanayotganida, Bobbi bitani ko‘tarib, ovoz chiqarmasdan, ichidan ibodat qildi: “Rabbiy, Sen uchun qo‘limdan kelgan hamma narsani qilishimga yordam bergin”. Bobbi beysbolni yaxshi ko‘rardi, ammo shu bilan birga, o‘z iste’dodi bilan Xudoni ulug‘lashni xohlardi.

U kutganidek, dastlabki ikkita uzatishda to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Uchinchi to‘p urib qaytarilgandi, ammo yon tomon chiziqdan chiqdi. Keyingi to‘p bazaning oldida yerga urilib qaytdi va faqat yaxshi o‘ynagan raqib ketcher (qabul qiluvchi), uchinchi bazadagi hujumchi jamoadoshiga ochko (yutuq hisobini) to‘plashiga to‘sqinlik qildi.

“Sen uzatgan to‘pni men albatta qaytaraman, - deb o‘yladi Bobbi raqib pitcherga qarab. - Bilaman, sen to‘pni zarba zonasining yuqori burchagiga uzatasan”.

To‘p bitaga kelib urilmagunicha, Bobbi uni diqqat bilan kuzatardi. U to‘pni o‘yin maydonidan chap tomonga juda balandga qaratib urdi. Birinchi bazaga yugurganida, Bobbi raqibning chap qanot himoyachisi yugurishdan to‘xtab tushayotgan to‘pni kuzatayotganiga e’tibor qaratdi. Undan keyin to‘p raqib o‘yinchisining tuzog‘iga tushganini ko‘rdi.

O‘sha zahotiyoq Mayk Brayan uy bazasiga shoshildi. Maydon o‘yinchisi ham xuddi shunday qildi. Bobbi to‘pga yetarli darajada kuchli zarba bermaganidan afsuslanib, qimirlamay turardi va Mayk zarbani qaytarishini hamda hisobni tenglashtirishini istardi.

To‘p va ranner (yuguruvchi) hujumdagi o‘yinchi bir vaqtning o‘zida bazaga yetib kelishgandek tuyuldi. Changlar orasida hakamning o‘ng qo‘li yuqoriga ko‘tarildi va shu payt Bobbi hakamning "Aut!" deganini eshitdi. O‘yin va butun chempionat yutqazilgan edi. Mavsum, xuddi Bobbining maktabdagi beysbol faoliyati kabi tugagan edi.

            Raqib jamoa quvonchdan xursand bo‘lardi, Bobbi va uning jamoadoshlari esa g‘oliblarni tabriklash uchun birin-ketin safga turishadi. "Ajoyib o‘yin, ajoyib o‘yin", derdi chin dildan u har bir o‘yinchiga. Afsus, mag‘lubiyat achinarli umidsizlikka aylandi, lekin bugun eng kuchlilar g‘alaba qozonishdi va Bobbi o‘zining g‘amgin ko‘rinishi bilan ularning bayramini buzishni istamasdi.

Bir necha lahzadan so‘ng Bobbining yonida mahalliy televideniye sport muxbiri paydo bo‘ldi. Mahalliy gazetalar va televideniye darhol Bobbini o‘rab olishdi va maqtashdan to‘xtamay uni yulduz deb atashardi – o‘z navbatida u hamisha ularning gaplariga e’tibor bermaslikka harakat qilardi. Garchi u bir necha marotaba sport yangiliklari uchun intervyu bergan bo‘lsa ham, Bobbi kamera oldida o‘zini noqulay his qilardi.

Kamera Bobbi tomon yo‘naltirilganda, sport sharhlovchisi o‘z sharhini boshladi:

- Men yilning eng yaxshi o‘yinchisi unvoniga da’vogar Bobbi Franklinning yonida turibman. Bobbi, sen ligadagi eng yaxshi o‘yinchi eding. Sening jamoang bunday muvaffaqiyatli mavsumdan keyin mag‘lubiyatga uchradi, o‘zingni qanday his qilyapsan?

- Albatta, bugungi mag‘lubiyatdan kayfiyatimiz buzildi. Ammo bu ajoyib mavsum edi va men uni hech qachon unutmayman.

O‘tgan chempionat o‘yini haqidagi bir nechta savollardan keyin sharhlovchi kelajakdagi rejalariga o‘tdi:

- Bobbi, endi sen nima qilmoqchisan, bu har bir muxlisingni o‘ylantirgan savol. Kollejda beysbol o‘ynayshni davom ettirasanmi?

So‘nggi paytlarda Bobbiga bu savolni ko‘p berishardi. Aslida u buni ko‘rsatmaslikka harakat qilardi, lekin kelajagi haqidagi shubhalar uni qiynardi.

- Men hali bilmayman, - dedi u, har doimgidek. U bilishni istardi, lekin Xudo unga qanday kelajak tayyorlaganini bilish mumkinmi yoki yo‘qmi bundan umuman xabari yo‘q edi.

- Endi senga sportchi sifatida allaqachon ko‘plab stipendiyalar taklif qilingandir, shundaymi?

- Bir nechta, - deya Bobbi sharhlovchining so‘zlarini to‘g‘irladi. - Ularning menga bunday qiziqish bildirayotganlaridan minnatdorman. Agar shunday qilishim kerak bo‘lsa, o‘ylaymanki, kollejga borish umuman yomon fikr emas.

"Agar Xudo mendan shuni istasa", deb ichida qo‘shib qo‘ydi u. Bobbi uchun bu juda muhim edi. U bolaligida Masihga ishongan paytidan boshlab, har doim hayotining barcha bosqichlarida Xudoning irodasini bilishga va Unga bo‘ysunishga intilardi. Ammo itoatkorlik u uchun juda oddiy bo‘lgan bo‘lsa, Xudoning irodasini bilish aksincha, juda murakkab edi. Ayniqsa, hozir Bobbi maktabni tugatayotganida va oldinga qarab keyingi qadamni tashlashi kerak bo‘lgan paytda. U qadamni qayoqqa tashlashini hali bilmasdi.

- Professional bo‘lish haqida nima deysan? - savol berishda davom etdi sharhlovchi. - Bilishimcha, bu yilgi o‘yinlaringda oliy liga vakillari bo‘lgan ekan.

Bobbi beysbol kepkasining ko‘tardi va o‘ylagancha peshonasini qashirdi. Axir, oliy ligada o‘ynash uning azaliy orzusi edi. U bunga loyiqmi? Unga shartnoma taklif qilishadimi? Agarda taklif qilishsa, unga imzo chekish bu Xudoning irodasi bo‘ladimi? Bobbi bu haqida hech qanday tasavvurga ega emasdi.

- Beysbol kiyimini kiygan har bir bola qachondir Jahon seriyasida qatnashishni xohlaydi deb o‘ylayman va men ham bundan mustasno emasman - dedi u jilmayib sharhlovchiga. - Men oliy liga vakillarini ko‘rgandim, ammo ular hali men bilan gaplashishmadi. Agar ular menga biror narsa taklif qilishsa, men o‘ylab ko‘rishim kerak bo‘ladi.

Aslida, bahordan beri u bu haqda ko‘p o‘ylagan edi. Biroq, Xudo unga hali professional bo‘lish imkoniyati haqida hech nima demagan edi.

- Kelasi yil umuman o‘ynamasliging ehtimoli borligini eshitgandim, - deya davom etdi sharhlovchi.

- Albatta, shunday bo‘lishi ham mumkin, - deb javob berdi Bobbi. - Men ko‘rib chiqayotgan variantlardan biri bu Bibliya kollejiga o‘qishga kirish, ammo u yerda beysbol yo‘q.

- Nahotki sen uch yil davomida shunday ajoyib o‘yin ko‘rsatganingdan so‘ng bitani tashlab o‘z orzuingdan voz kechsang?

Bu fikr Bobbini xavotirga soldi. U beysboldan voz kechishni istamasdi. Lekin, agar Xudo uni Bibliya kollejiga yuboradigan bo‘lsa, u yerda uning sevimli o‘yini bo‘lmaydi.

- Ha, men beysbolni tashlay olaman, - deb javob qildi u umidsizligini ko‘rsatmaslikka urinib. - Agar Rabbim mendan shuni istasa.

Sharhlovchi Bobbiga suhbat uchun minnatdorchilik bildirdi va shoshilib operator bilan birga g‘olib jamoaning to‘pni yetkazib beradigan o‘yinchisini topishga yo‘l oldi.

 Shu payt Bobbining ota-onasi sabr-toqat bilan o‘g‘lini kutib turardi. Garchi uning jamoasi mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsada, ular mag‘rurlikdan porlab, uni quchoqlab, yaxshi o‘yin bilan tabriklashdi.

Shundan so‘ng u Eshli Shepard bilan yuzma-yuz keldi. Xuddi beysbol faoliyatini davom ettirish kerakligini bilmaganidek - Eshli uning rafiqasi bo‘lishini Xudo xohlaydimi yoki yo‘qmi, Bobbi buni bilmas edi. Biroq, u o‘z hayotida Eshli ham, beysbol ham bo‘lishini juda xohlardi. Kelajakka kelsak, Eshli Xudo unga hali ochmagan sirining bir qismi edi. Bobbi Xudo bu qizga hayotida qanday rol belgilaganni bilmagani sababli, ularning birgalikdagi kelajagi haqida sukut saqlardi.

Eshli uni quchoqlab, yuzidan o‘pdi:  

- Yutqazganlaringdan afsusdaman, Bobbi. Sen ajoyib o‘yin ko‘rsatding. Bularning barchasi unchalik muhim emas, chunki men uchun sen doimo g‘olib bo‘lib qolasan.

Bobbi Eshlining yuzi birdan o‘zgarganini ko‘rdi. U boshini Bobbining ko‘kragiga qo‘yib, yig‘lab yubordi. Uning ko‘z yoshlaridan hayratlanib, Bobbi uni quchoqladi. "Agar gap o‘yinda bo‘lmasa, unda nima sababdan u yig‘layapti?" - deb fikrlardi Bobbi.


Книга на Узбекском языке: Поиски Божьей воли (Джош Макдауэлл, Эд Стюарт)

В этой книге речь пойдет о поисках подростком Божьей воли.

Бобби Франклин, звезда школьной команды по бейсболу, ждет выпускного, с неуверенностью глядя в будущее. Следует ли ему, христианину, бросить любимый бейсбол и посвятить себя служению Богу? Или стать профессиональным спортсменом? И должен ли он жениться на своей подруге Эшли? Бобби стремится понять, чего хочет от него Бог, какова Его воля.

Если у тебя есть друг, который тоже стремится узнать Божью волю, то эта книга принесет пользу и ему: в ней ты найдешь практические советы, как ему помочь.

С помощью правдивой и увлекательной истории Джош Макдауэлл и Эд Стюарт предлагают библейский ответ на вопрос, как узнать Божью волю. Если ты как Бобби, задаешься этим вопросом, то эта книга для тебя.



Shu bobni eshitish:


Download (0 mb)

AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак