Injil va Keyingi
Yaratish ikkinchi kuni
Ibtido 1:6-10
Shunda Xudo: “Suvlarni bir–biridan ajratib turadigan gumbaz paydo bo‘lsin”, deb amr qildi. Shunday ham bo‘ldi: Xudo gumbazni yaratib, gumbazning ostidagi suvlardan gumbaz ustidagi suvlarni ajratdi. Xudo gumbazga osmon, deb nom berdi. Kech kirib, tong otdi. Ikkinchi kun o‘tdi. Keyin Xudo: “Osmon ostidagi suvlar bir joyga to‘planib, quruq yer paydo bo‘lsin”, deb amr qildi. Shunday ham bo‘ldi. Xudo quruqlikka yer, deb nom berdi. Bir joyga yig‘ilgan suvlarni esa dengizlar, deb atadi. Xudo buning ajoyib ekanini ko‘rdi.
Autor Keyingi: Юлиус Шнорр фон Карольсфельд