Noxum kitobi Ossuriya poytaxti Naynavoning* qulashi haqida yozilgan she’riy shakldagi bashoratdir. Ossuriya qudratli shohlik bo‘lib, o‘zi bosib olgan xalqlarga nisbatan nihoyatda zolim va shafqatsiz edi. Yunus payg‘ambar davrida Naynavo aholisi gunohlaridan tavba qilgan edi*, Noxum payg‘ambar davrida esa ular yana zo‘ravonliklarga, butparastlik va xudbinlikka mukkasidan ketgan edilar. Ossuriya lashkari miloddan oldingi 722 yilda Isroilni* bosib olib, aholisini Ossuriyaga surgun qilgan edi. Ular Yahudoga, ya’ni janubiy shohlikka ham ko‘p tahdid solgan edilar. Shu sababdan Noxum payg‘ambar Naynavoning ayanchli qismati haqida bashorat qiladi.
Noxum payg‘ambar Naynavoning qulashidan oldin va’z qiladi. Bobilliklar miloddan oldingi 612 yilda Naynavoni zabt etadilar. Kitobdan o‘rin olgan No‘–Omonning, ya’ni Fiva shahrining qulashi haqidagi voqealar miloddan oldingi 663 yilda, Noxum payg‘ambar faoliyat ko‘rsatishidan oldin ro‘y beradi (3:8-10 oyatlarga va 3:8 izohiga qarang).
Mazkur kitobda Noxum payg‘ambar Xudoni — butun olamning va barcha xalqlarning Hukmdori, hammaning taqdirini nazorat qiluvchi haq Xudo deb e’lon qiladi. Muallif Xudoning sabr–toqati va mehribonligi haqida so‘z yuritadi. Shu bilan birga, Xudoning odilligiga alohida urg‘u berib, aybdorni U aslo oqlamasligini ta’kidlab o‘tadi.
1 Naynavo shahri* haqida bashorat. Bu kitobda Elqo‘shlik* Noxumga kelgan vahiy bayon qilingan.
2 Egamiz rashkchi*, qasoskor Xudodir,
Egamiz qasoskor, darg‘azabdir. G‘animlaridan Egamiz qasos olar, Dushmanlaridan g‘azablanib yurar. 3 Egamizning jahli tez emas,
Uning kuchi buyukdir, Aybdorni Egamiz aslo oqlamas!
Yurgan yo‘li quyunu bo‘ron bo‘lar. Oyog‘i ostidan changday
Ko‘tarilar qora bulutlar.
4 U dengizga do‘q urib, uni quritar,
Barcha daryolarni qaqratib yuborar. Bashan va Karmil yaylovlari xazon bo‘ladi, Lubnon* gullari so‘lib qoladi.
5 Uning oldida silkinar tog‘lar, Parchalanib ketar adiru qirlar. Huzurida zamin tebranar,
Butun jahon va undagi mavjudot qaltirar.
6 Uning qahriga kim bardosh bergay?! Alangali g‘azabidan kim omon qolgay?! Uning g‘azabi olovday yoyilar,
Uning oldida qoyalar chilparchin bo‘lar.
7 Egamiz yaxshidir,
Kulfat kunida qo‘rg‘ondir U,
Xudoda panoh topganlarni saqlaydi U.
8 Toshqin sel bilan Naynavoni vayron qilar, Yovlarining payiga tushib, zulmatga haydar.
9 Ey Naynavo, nechun Egamizga qarshi fitna uyushtirasan?! Axir, U bir urib seni qirib tashlaydi,
Ikkinchi urishiga hojat bo‘lmaydi.
10 Chirmashgan tikanu quruq xas–cho‘p kabi Sizlar ham, ey mayxo‘rlar, yondirib tashlanasiz! 11 Ey Naynavo, qabih shoh sendan chiqdi, Egamizga qarshi u fitna–fasod qildi.
12 Egamiz esa shunday aytur:
“Ossuriyaliklar* kuchli va behisob bo‘lsalar–da, Ular qirilib, yo‘q bo‘ladilar.
Ey xalqim, boshingga kulfat soldim! Endi bunday kulfat solmayman zinhor!
13 Seni Ossuriya bo‘yinturug‘idan ozod qilaman,
Kishanlaringni* uzib tashlayman.”
14 Sen haqingda, ey Ossuriya, Egamiz shunday amr etar:
“Sening noming dunyodan o‘char.
Yo‘q qilaman xudolaring uyidagi quyma va o‘yma butlarni,
Yaramas xulq–atvoring uchun hozirlayman qabringni.”
Tinchlikni e’lon qiladi U sizga!
Ey Yahudo xalqi*, nishonlagin bayramlaringni, Olib kel ont ichib atagan nazrlaringni.
Yurtingga tajovuz qilmas endi qabihlar,
Zero, tamomila yo‘q bo‘ldi ular.
1-2 Dushmanlar Isroil yurtini xarob qilgan, Uzumzorlarini payhon etgan.
Biroq Egamiz tiklar Yoqub naslining ulug‘vorligini,
Ha, Isroil xalqining buyukligini.
Bosqinchi senga hujum qildi, ey Naynavo!*
Qani bo‘l, qo‘riqla qo‘rg‘onlaringni, Yo‘ldan uzma sen ko‘zingni.
Yig‘ib olgin bor kuchingni, Jangga bog‘la belingni.
3 Dushman sipohlarining qalqoni qizil, Jangchilarining kiyimi alvon,
Jang kuni aravalari olovday chaqnar, Behisob nayzalari bosh uzra tebranib turar.
4 Shahar ichida aravalar quturib yelar, Maydonlarni kesib u yoqdan–bu yoqqa o‘tar, Mash’alalarga o‘xshab yonib turar,
Yashin tezligi bilan uchar.
5 Naynavo shohi amr berar lashkarboshilariga,
Olg‘a bosib qoqinar ular yo‘lda.
Qalqonlari panohida* bosqinchilar Shahar devoriga yopirilar.
6 Daryo to‘g‘onlarini* ular buzib tashlar, Saroy ivib, qulay–qulay deb turibdi.
7 Shahar ahlini surgun qilishga qaror qilindi,
Cho‘rilari o‘z ko‘ksiga urib,
Musichaday nola qilmoqda.
8 Naynavo darz ketgan hovuzga* o‘xshaydi, Yoriqlaridan suv oqib ketganday,
Uning aholisi qochib ketyapti, Ortidan “To‘xtanglar! To‘xtanglar!” Degan qichqiriqlar eshitilar,
Lekin hech kim ortiga qaytmas.
9 Bosqinchilar baqirar:
“Talon–taroj qiling kumushu oltinni! Bitmas–tuganmasdir Naynavoning xazinasi! Serobdir uning qimmatbaho narsasi!”
10 Ship–shiydam, vayron, talqon bo‘ldi Naynavo! Qo‘rquvdan yuraklar orqaga tortib ketdi, Tizzalar qaltiradi, badanni titroq bosdi,
Bo‘zday oqardi hammaning yuzi!
11 Nima bo‘ldi Naynavo shahriga?! O‘xshar edi–ku u sherning uyasiga.
Ha, o‘xshar edi Naynavo sher bolalarini boqqan bir inga. Sher va ona sher izg‘igan paytda,
Bolalari xatarsiz edi u yerda!
12 Sher o‘z bolalari uchun Yetarlicha o‘lja tilka–pora qilgan,
U ona sher uchun ham ovini bo‘g‘izlagan,
Murda bilan to‘ldirgan o‘z inlarini, O‘lja bilan — uyalarini.
13 Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Men senga qarshiman, ey Naynavo! Jang aravalaringni tutatib yondiraman. Yosh sherlaring qilichdan halok bo‘ladi. Sen endi yer yuzida talonchilik qilmaysan. O‘lponchilaringning ovozi o‘chadi.”
1 Holingga voy, ey qo‘li qon shahar! O‘taketgan makkor, o‘ljaga to‘lgan shahar! U yerdagi qotilliklar hech tugamas!
2 Quloqqa chalinar qamchilarning vizillashi,
G‘ildiraklarning taraq–turug‘i, Yelayotgan ot tuyoqlarining tovushi, Jang aravalarining gumburlashi!
3 Jangga kirmoqda otliq sipohlar, Yalt–yult etmoqda qilichlar, Yarqiramoqda nayzalar,
Uyilib ketdi o‘liklar, Uyum–uyum bo‘ldi jasadlar, Murdalarning son–sanog‘i yo‘q. Qoqilishar jasadlarga odamlar!
4 Ey Naynavo*, o‘zingni buzuq fohishaday* tutding, Suyuqoyoq jodugarday odamlarni rom qilding, Buzuqliging bilan xalqlarni qul qilding, Sehr–jodularing bilan o‘zingga og‘dirding.
5 “Men senga qarshiman!
— deb aytmoqda Sarvari Olam. — Men ko‘ylagingni ko‘tarib,
Xalqlarga yalang‘och tanangni ko‘rsataman,
Ellar oldida sharmandangni chiqaraman.
6 Ustingdan axlat yog‘dirib, seni xo‘rlayman.
Odamlarga seni tomosha qildiraman.
7 Seni ko‘rganlar orqaga chekinib, shunday deyishar:
«Naynavo vayron bo‘ldi!
Kim unga achinar ekan?!»
Seni yupatadigan hech kim yo‘q!”
8 No‘–Omon* shahridan sening ortiq joying bormidi?!
O‘sha shahar Nil daryosi bo‘yida joylashgandi,
Suvlar qurshovida turgandi, Daryo — uning istehkomi, Suvlar — himoyasi bo‘lgandi.
9 Habashistonu* Misr uning ustidan hukmronlik qilardi, Kuchining chek–chegarasi yo‘q edi.
Liviya* bilan Lub uning ittifoqdoshlari edi.
10 Shunday bo‘lsa–da,
No‘–Omon shahrining aholisi surgun qilindi, Odamlari asirlikka olib ketildi,
Har bir ko‘chaning boshida Toshga urib o‘ldirildi go‘daklari, Aslzodalari uchun qur’a tashlandi,
Barcha zodagonlari zanjirband bo‘ldi.
11 Ey Naynavo, sen ham mast bo‘lib, gandiraklab qolasan*, Bekinasan, dushmanlaringdan qochib, panoh izlaysan.
12 Sening hamma qal’alaring
Mevasi pishgan anjir daraxtiga o‘xshar.
Anjirni silkitsang,
Anjirlar xo‘randaning og‘ziga tushar.
13 Lashkaringga bir qarasang–chi!
Xotin kishidan farqi yo‘q–ku ularning. Yurtingning darvozalari yov uchun keng ochildi, Darvozalarning tambalarini olov yo‘q qildi.
14 Qamalga tayyorlangin! Suvga to‘ldir idishlaringni! Mustahkamla qo‘rg‘onlaringni! Oyoq bilan ezgin loyni, Tayyorla tezroq qoliplaringni!
15 Baribir olov seni yamlab yuborar, Chigirtka* ekinlarni qirtishlaganday, Qilich seni qirib tashlar.
Chigirtkaday ko‘payaver!
16 Savdogarlaringni osmondagi yulduzlardan ham ko‘p qilding,
Biroq ular chigirtkaday yurtingni talashar,
So‘ng qanot qoqib uchib ketishar.
17 Sovuq kunda devorlarga qo‘nadigan, Quyosh chiqqach esa uchib yo‘q bo‘ladigan
Chigirtkadaydir sening posbonlaring, Chigirtka galasidaydir sening sarkardalaring.
Ular qayerga g‘oyib bo‘lganini bilmaydi hech kim.
18 Ey Ossuriya shohi, Rahnamolaringning* ko‘zi yumilgan, Yo‘lboshchilaring abadiy uyquga ketgan, Sening xalqing tog‘larga tarqalgan, Ularni yig‘adigan biror kimsa yo‘q.
19 Sening yarangni davolab bo‘lmas,
Jarohating halokatlidir.
Bu haqda xabar topgan hamma odamlar Xursandligidan chapak chalar.
Zotan, hech kim cheksiz zulmingdan Qochib qutula olmagan.
Naynavo — Nineviya nomi bilan ham ma’lum bo‘lib, hozirgi Iroqning shimolida joylashgan edi.
Yunus payg‘ambar davrida…tavba qilgan edi… — Yunus 3:1-10 ga qarang. Yunus
payg‘ambar taxminan miloddan oldingi 750-725 yillarda faoliyat ko‘rsatgan.
Isroil — mazkur kitobda shimoliy shohlik Isroil degan nom bilan, janubiy shohlik esa Yahudo degan nom bilan yuritilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi ISROIL va YAHUDO so‘zlariga qarang.
ma’lum.
obraz. Naynavo Ossuriya kuch–qudratining markazi va ma’buda Ishtarga qilinadigan sajdaning o‘chog‘i edi. Butxonadagi fohishalar bilan jinsiy aloqa ma’buda Ishtarga sajda qilish marosimining bir qismi edi. Ayrim hollarda, sajda qiluvchilar Ishtarning o‘zini ham fohisha deb atardilar. Ossuriya fohishaga o‘xshab boshqa xalqlarni qudrati bilan o‘ziga rom qilgan edi. Ammo keyinchalik bu xalqlar Ossuriyaga bog‘lanib qolganlaridan afsuslanar edilar, chunki Ossuriya ularni dushmanlardan himoya qilsa ham, ularni qattiq nazorat ostiga olgan edi va ulardan katta o‘lpon to‘lashni talab qilardi (4 Shohlar 16:7-9, 17:1-6 ga qarang).
3:9 Habashiston — ibroniycha matnda Kush. Bu joy Misrdan janubda bo‘lib, hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini o‘z ichiga olgan edi.
3:9 Liviya — ibroniycha matnda bu yurtning qadimgi nom Fut. Bu o‘rinda Fut va Lub
nomlari Liviyaning ikkita hududiga nisbatan ishlatilgan bo‘lishi mumkin.
3:18 Rahnamolar — ibroniycha matnda Cho‘ponlar. Yo‘lboshchilar va hukmdorlarga nisbatan qo‘llangan she’riy usul.
01_Ibtido_MK | 02_Chiqish_MK | 03_Levilar_MK | 04_Sahroda_MK | 05_Qonunlar_MK | 06_Yoshua_MK | 07_Hakamlar_MK | 08_Rut_MK | 09_1-Shohlar_MK | 10_2-Shohlar_MK | 11_3-Shohlar_MK | 12_4-Shohlar_MK | 13_1-Solnomalar_MK | 14_2-Solnomalar_MK | 15_Ezra_MK | 16_Naximiyo_MK | 17_Ester_MK | 18_Ayub_MK | 19_Zabur_MK | 20_Hikmatlar_MK | 21_Voiz_MK | 22_Gozal-Qoshiqi_MK | 23_Ishayo_MK | 24_Eremiyo_MK | 25_Marsiyasi_MK | 26_Hizqiyol_MK | 27_Doniyor_MK | 28_Xosheya_MK | 29_Yoel_MK | 30_Amos_MK | 31_Obodiyo_MK | 32_Yunus_MK | 33_Mixo_MK | 33_Noxum_MK | 34_Xabaqquq_MK | 36_Zafaniyo_MK | 37_Xaggey_MK | 38_Zakariyo_MK | 39_Malaki_MK |
Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK | 41_Mark_MK | 42_Luqo_MK | 43_Yuhanno_MK | 44_Havoriylar_MK | 45_Yoqubning_MK | 46_1-Butrus_MK | 47_2-Butrus_MK | 48_1-Yuhannoning_MK | 49_2-Yuhannoning_MK | 50_3-Yuhannoning_MK | 51_Yahudoning_MK | 52_Rimliklarga_MK | 53_1-Korinfliklarga_MK | 54_2-Korinfliklarga_MK | 55_Galatiyaliklarga_MK | 56_Efesliklarga_MK | 57_Filippiliklarga_MK | 58_Kolosaliklarga_MK | 59_1-Salonikaliklarga_MK | 60_2-Salonikaliklarga_MK | 61_1-Timotiyga_MK | 62_2-Timotiyga_MK | 63_Titusga_MK | 64_Filimonga_MK | 65_Ibroniylarga_MK | 66_Vahiy_MK |
67-Sozboshi_MK | 68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK | 69-Izohlarning-tuzilishi_MK | 70-Lugat_MK | 71-Rasmlar-va-loyihalar_MK | 72-Jadvallar_MK | 73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK | 74-Xaritalar_MK
KITOBOOK | AudioKitoblar | Simfoniya | Guvohliklar | Musiqa mp3 |
VIDEO | UzLatin
| Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz
(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb) |
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb) |
Китоблар Ўзбек тилидаги:
Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru