Yo‘el payg‘ambar Yahudo va Quddus aholisiga bashorat qilib, ularni tavbaga chaqiradi. Uning bashoratlari aniq va lo‘nda bo‘ladi. Yo‘el payg‘ambar qachon faoliyat ko‘rsatgani aniq emas. Ba’zi olimlarning taxmini bo‘yicha, Yo‘el payg‘ambar Bobil Quddusni bosib olishidan avval, ya’ni miloddan oldingi 586 yilgacha faoliyat ko‘rsatgan. Yana ba’zi bir olimlarning tadqiqoti bo‘yicha, payg‘ambar Isroil xalqi Bobildagi surgundan qaytib kelgandan va Ma’bad qayta qurilgandan so‘ng, ya’ni miloddan oldingi 515 yildan keyin bashorat qilgan.
Mazkur kitobda Yo‘el payg‘ambar “Egamizning kuni” haqida xabar beradi. O‘sha davrda Yahudo xalqi “Egamizning kuni”ni intizorlik bilan kutardi. Ular o‘sha kun kelganda Xudo barcha dushmanlarni yo‘q qiladi, yahudiylar uchun ro‘shnolik davri boshlanadi, deb o‘ylashardi. Biroq payg‘ambar bunga e’tiroz bildiradi, aslida “Egamizning kuni” kelganda, Xudo, birinchi navbatda, O‘z xalqini gunohlari uchun jazolashini aytadi. Shu bois, payg‘ambar xalqni tavbaga chaqiradi. U Yahudo yurtiga bostirib keladigan gala–gala chigirtkalar va u yerda hukm suradigan dahshatli qurg‘oqchilik haqida odamlarni ogohlantiradi. U “Egamizning kuni”ni zimziyo zulmat kuni, bulut qoplagan tim qorong‘i kun, deb tasvirlaydi.
Yo‘el payg‘ambar xalqni Xudoga qaytishga da’vat qiladi. Xudoning inoyati va rahmdilligi haqida so‘z ochadi. Xalq jazo olib bo‘lgandan keyin, Xudo ularga shafqat qilishini, ustilariga O‘z Ruhidan mo‘l qilib yog‘dirishini, dushmanlarni esa ayovsiz jazolashini payg‘ambar bashorat qilib aytadi.
1 Patuval o‘g‘li Yo‘elga Egamiz shu so‘zlarni ayon qildi:
2 Ey oqsoqollar, buni eshiting! Yahudo odamlari, siz quloq tuting! Yuz berganmi hech bunday falokat
Sizning yoki ota–bobolaringiz zamonida?! 3 Bu haqda farzandlaringizga ayting siz, Bolalariga so‘zlab bersin farzandlaringiz, Keyingi avlodga yetkazsin nabiralaringiz.
4 Qirg‘in keltiruvchi chigirtkadan* qolganini Yeb bitirdi kemiruvchi chigirtka galasi.
Kemiruvchi chigirtka galasidan qolganini Yeb bitirdi sakraydigan chigirtka galasi. Sakraydigan chigirtkadan qolganini
Yeb bitirdi qirtishlovchi chigirtka galasi.
5 Uyg‘oninglar, ey mayxo‘rlar, yig‘langlar! Ey sharobxo‘rlar, faryod qilinglar!
Sharob og‘zingizdan tortib olindi, axir. 6 Bostirib keldi yurtimizga lashkarlar*, Son–sanoqsiz kuchli bahodirlar.
Arslon tishiga o‘xshar tishlari,
Go‘yo urg‘ochi arslonniki qoziq tishlari.
7 Uzumzorlarimizni ular payhon qilishdi, Anjir daraxtlarimizni sindirishdi, Shoxlariyu novdalar po‘stlog‘ini shilib, Hammasini ship–shiydam qilishdi.
8 Qanorga o‘raning, ey odamlar, faryod qiling, Kuyovidan judo bo‘lgan kelinchak kabi.
9 Egamiz uyidan uzilgan sharob, don nazri,
Aza tutayotir Egamizning xizmatkor ruhoniylari.
10 Xarob bo‘ldi ekinzorlar,
Motam tutayotir dalalar.
Bug‘doy boshoqlari qovjirab qoldi, Uzum sharbati ham oqmay to‘xtadi, Zaytun moyi ham tamom quridi.
11 Qayg‘urmaysizlarmi, ey dehqonlar?! Faryod solmaysizlarmi, ey bog‘bonlar?! Nobud bo‘lib ketdi–ku arpa, bug‘doyingiz, Xarob bo‘lib ketdi–ku jamiki hosilingiz.
12 Uzum toki so‘lidi, anjir daraxti quridi.
Xazon bo‘ldi anor, xurmo, olma — hamma daraxtlar. Inson sevinchi tamom qurib bitdi!
13 Qanorga o‘ranib* motam tuting, ey ruhoniylar! Faryod qiling qurbongohda xizmat qiladiganlar! Tunni ham qanorda o‘tkazing sizlar,
Ey Xudoyimning xizmatida yurganlar! Xudoyingiz uyida nazr qilgani
Don va sharob qolmadi, axir.
14 Ro‘za kunlarini belgilanglar,
O‘sha kunlarga yig‘in e’lon qilinglar. Yig‘ib kelinglar oqsoqollarni, Yurtning jamiki aholisini.
Egangiz Xudoning uyiga yig‘inglar,
Egamizga iltijo qilib yolvoringlar!
15 Sho‘rimiz qursin, evoh!
Egamizning kuniga* oz qoldi, Qodir Xudo kulfat keltiradi!
16 Rizq–ro‘zimiz ko‘z o‘ngimizda qirqildi–ku! Xudoyimiz uyida shod–xurramlik tugadi–ku! 17 Kesaklar tagida urug‘lar nobud bo‘ldi, Donli ekinlar unmasdan qoldi.
Omborxonalar bo‘m–bo‘sh yotibdi, Don omborlari xarob bo‘libdi.
18 Ingramoqda hayvonlar naqadar! Axir, qurigan–ku o‘tloqlar.
Daydib yurar mol podalari,
Gangigan hatto qo‘y suruvlari.
19 Ey Egam, Senga men faryod qilarman! Axir, olov yamladi dashtdagi yaylovlarni, Yong‘in yo‘q qildi daladagi daraxtlarni.
20 Hatto yovvoyi hayvonlar ham Senga nola qilmoqda! Axir, irmoqlar ham qurib ketdi,
Dashtdagi yaylovlarni olov yamladi.
1 Quddusda* burg‘u chalinglar!
Egamizning muqaddas tog‘ida* bong uringlar! Titrasin Yahudoning jamiki ahli,
Axir, kelyapti Egamizning kuni*. U kunga oz vaqt qoldi.
2 Zimziyo zulmat kuni bo‘lar u kun,
Bulut qoplagan tim qorong‘i bo‘lar u kun! Katta kuchli lashkar yurtni bosar, Yorishgan tongday tog‘lar uzra yoyilar.
Bunaqasi azaldan hech sodir bo‘lgan emas, Bundan keyin ham hech qachon sodir bo‘lmas.
3 Alanga yutib borar ular oldidan, Olov guvullab yonar ular ortidan,
Biron jonzot qochib qutulmas ulardan.
Ilgari edi zamin Adan bog‘iday, Endi bo‘lib qoldi qaqroq sahroday.
4 Ularning ko‘rinishi otlarga o‘xshar,
Jang otlari kabi hujum qilishar.
5 Tog‘ cho‘qqilariga sakrab chiqishar,
Jang aravasiday gumburlab chopar,
Yonayotgan xas–cho‘p kabi chirsillar, Jangga tayyor bo‘lib saf tortgan Kuchli lashkarga o‘xshar ular.
6 Ularning oldida xalqlar dahshatga tushar,
Hammaning yuzi bo‘zday oqarib ketar. 7 Jangchilarday hujum qilar bu lashkar, Sipohlarday devordan oshib tushar.
Safdan chetga chiqmay olg‘a bosishar.
8 Bir–birlarin turtmaslar, Hammasi o‘z yo‘lida ketar. G‘ovlarni ham yorib o‘tishar, Hech narsa ularni to‘xtata olmas. 9 Bostirib borishar ular shaharga, Yopirilishar shahar devorlariga. Uylarga tirmashib chiqishar,
O‘g‘riday derazalardan ichkariga kirishar.
10 Ularning oldida zamin titrar, Osmonu falak qaltirab turar.
Quyosh ham, oy ham qorayar,
Yulduzlar nuri so‘nar.
11 Egamiz lashkarning boshida turar,
Lashkariga O‘z sadosin berar. Naqadar behisob Uning qo‘shini,
Uning amriga bo‘ysunadiganlar qudratli. Egamizning kuni chindan dahshatli!
Bu vahimali kunga bardosh bergay kim?!
12 Egamizning kalomi shudir:
“Hozir ham kech emas,
Ro‘za tutib, yig‘lab, qayg‘urib,
Butun qalbingiz bilan Menga qaytinglar.
13 Kiyimingizni emas, bag‘ringizni yirtinglar*.”
Egangiz Xudoga qaytinglar, U inoyatli,
Rahmdil, jahli tez chiqmaydi, sodiq sevgisi mo‘ldir, G‘azabidan tushib kechiradigan Xudodir.
14 Kim bilsin, U shashtidan qaytar, Balki xirmoningizga baraka berar. Shunda Egangiz Xudoga sizlar
Don bilan sharob nazrin taqdim qilasizlar.
15 Burg‘u chaling Quddusda! Ro‘za kunlarin belgilanglar,
O‘sha kunlarga yig‘in e’lon qilinglar.
16 Yig‘ing jamiki xalqni,
Pok qiling jamoani. Chaqirtiring qariyalarni,
Olib keling bolalaru emizikli go‘daklarni. Hatto yangi kelin–kuyovlar ham Chimildiqdan chiqib kelishsin.
17 Ma’badning ayvoni bilan qurbongoh orasida* Yig‘lashsin Egamizning xizmatkor ruhoniylari, Yolvorishsin shunday deya Xudoga:
“Ey Egamiz, shafqat qilgin xalqingga,
Mulking bo‘lgan Isroil ellar aro kulgi bo‘lmasin.
«Ularning Xudosi qani?!» deya xalqlar bizni mazax qilmasin!”
19 Javob berdi* U xalqiga shunday debon:
“To‘q bo‘lasiz, sizlarga beraman sharob, moy va don. Xalqlar orasida mazax bo‘lishingizga endi yo‘l qo‘ymayman. 20 Daf qilaman shimoldan kelgan lashkarlarni,
Haydab solaman qaqroq, huvullagan sahroga ularni.
O‘lik dengizga uloqtiraman ilg‘or qismlarini, O‘rta yer dengiziga suraman orqa qismlarini. Jasadlaridan qo‘lansa hid anqiydi.”
Bajo qildi Egamiz buyuk ishlarini!
21 Ey zamin, qo‘rqma! Xursand bo‘l, shodlan.
Bajo qildi Egamiz buyuk ishlarini!
22 Qo‘rqmanglar endi, ey yovvoyi hayvonlar, Chunki yam–yashildir dashtdagi yaylovlar, Meva berayotir endi daraxtlar,
Anjir va uzumning hosili mo‘ldir.
23 Ey Quddus xalqi, xursand bo‘linglar, Egangiz Xudoning ishlaridan sevininglar. Sizlarga U yon bosib, yomg‘irni mo‘l yog‘dirdi. Oldingiday, kuz, bahorda yomg‘irni quydirdi. 24 Endi xirmonlar donga to‘lib ketadi,
Xumlar sharobu moy bilan to‘lib–toshadi.
25 Egamiz shunday deydi:
“Zarar ko‘rdingiz qirg‘in keltiruvchi, Yemiruvchi chigirtkalar* dastidan, Ekinzorlaringizni kemirib tashlagan
Sakraydigan chigirtka galasi dastidan,
Ko‘rgan zararingizni Men qoplayman.
Bu kuchli lashkarni sizga qarshi Men yuborganman.
26 Endi sizlar xohlaganingizcha yeysiz,
Sizlar uchun ajoyibotlar ko‘rsatgan
Men, Egangiz Xudoga hamdu sano aytasiz.
Ey xalqim, hech qachon sharmanda bo‘lmaysan endi!
27 Ey Isroil, Men orangda ekanimni bilib olasan shunda,
Men Egangiz Xudoman, yo‘qdir Mendan boshqasi.
Ey xalqim, hech qachon sharmanda bo‘lmaysan endi!
Bashoratlar qilar sizning o‘g‘il–qizlaringiz. Karomatli tushlar ko‘rar qariyalaringiz.
29 O‘z Ruhimni yog‘diraman o‘sha kunlarda, Hattoki qulu cho‘rilaringiz ustiga.
30-31 Mening buyuk va dahshatli kunim kelishidan oldin, Men yeru osmonda alomatlarni ko‘rsataman. Yer yuzida qonni, olovni va tutun ustunlarini paydo qilaman. Quyosh qorayadi, oy qon tusiga kiradi.”
32 Shunda Xudo da’vat etgan odamlar omon qoladi. Ha, Egamizga iltijo qilgan har bir inson qutqariladi. Egamiz aytganiday, Sion tog‘iga va Quddusga qochib borganlar najot topishadi.
1 Egamiz shunday deydi: “O‘sha kunlarda Men Yahudo va Quddusning oldingi mavqeini tiklayman. 2 So‘ng barcha xalqlarni yig‘ib, Hukm vodiysiga* olib tushaman. U yerda xalqim Isroil haqi ular bilan da’volashaman, chunki ular Mening xalqimni turli ellarga tarqatib yubordilar. Yurtimni esa o‘zaro bo‘lishib oldilar. 3 Ular xalqim uchun qur’a tashlab, o‘g‘il–qizlarimni sotib yubordilar. Tushgan pulga fohishabozligu aysh– ishrat qildilar.
4 Ey Tir, Sidon* va butun Filist xalqi, Menda nima qasdingiz bor?! Sizlar hali Mendan o‘ch olmoqchimisiz?! Bordi–yu, niyatingiz shu bo‘lsa, Men o‘sha zahotiyoq qilmishingizga yarasha jazoingizni beraman. 5 Sizlar oltinu kumushlarimni tortib oldingiz, qimmatbaho xazinalarimni sajdagohlaringizga olib ketdingiz. 6 Yahudo va Quddus xalqini yunonlarga* sotib, o‘z vatanidan yiroq qildingiz. 7 Endi Men Yahudo va Quddus xalqini sizlar sotgan yurtlardan olib chiqaman. Qilmishingizga yarasha jazoingizni beraman. 8 O‘g‘il–qizlaringizni Yahudo xalqiga sotaman, ular esa farzandlaringizni olisdagi bir xalqqa — Savoliklarga* sotishadi.” Zotan, bu so‘zlarni Egamiz aytdi.
9 Xalqlar orasida shunday deb e’lon qiling: “Jangga tayyorlanib, jangchilarni safarbar qiling! Sipohlaringiz hujum qilsin!
10 Omochlaringizdan yasang qilichlar,
O‘roqlaringizdan qiling nayzalar. Zaiflar ham qo‘liga qurol tutsin.
11 Ey tevarakdagi xalqlar, shoshiling*,
Qani, hammangiz vodiyda to‘planing.” O‘z sipohlaringni, ey Egam, chaqir!
12 Egamiz shunday deydi: “Barcha xalqlar bo‘lsin safarbar, Hukm vodiysiga* kelishsin ular. Men u yerda o‘tirarman,
Hamma xalqlar ustidan hukm chiqararman.
13 Qani, kelinglar,
Yetilgan bug‘doyni o‘rganday ularni o‘ringlar, Pishgan uzumni ezganday*, bosib yo‘q qilinglar, Xumlar to‘lgan,
Ularning qabihliklari bilan to‘lib–toshgan.”
14 Ming–minglab olomon To‘plangan Hukm vodiysida! Zotan, yaqinlashgandir
Egamizning kuni* Hukm vodiysiga. 15 Quyosh ham, oy ham qoraygan, Yulduzlar nuri so‘ngan.
16 Egam Quddusdan turib hayqirar, Siondan gulduros ovozi yangrar, Yeru osmon larzaga kelar.
Ammo Egam O‘z xalqini panohiga olar, U Isroil xalqining qo‘rg‘oni bo‘lar.
17 Egamiz shunday deydi:
“Ey xalqim, shunda sizlar
Egangiz Xudo Men ekanligimni bilasizlar.
Men muqaddas tog‘im Sionda* qurganman maskan.
Tabarruk bir shahar bo‘ladi Quddus,
Bosqinchilar endi aslo unga qilmas tajovuz.
18 O‘sha kuni sut oqar qirlardan, Uzum sharbati kelar tog‘lardan, Yahudodagi o‘zanlar suvga to‘lar, Mening uyimdan buloq otilib chiqar,
Akas daraxtlari o‘sadigan qaqroq soylikni* sug‘orar.
19 Misr huvullab, Edom* bo‘m–bo‘sh sahroga aylanar. Oh, Yahudo xalqiga zulm o‘tkazdi ular,
Begunoh odamlarning qonin to‘kdilar.
20-21 Men albatta jazolayman ularni! Aslo oqlamayman jinoyatchilarni!* Yahudo esa abadiy yashar,
Quddus avlodlar osha barqaror bo‘lar. Men, Egangiz, Sionda qurganman maskan.”
2:1 Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu bobning 15, 23–oyatlarida ham bor). Eski Ahddagi she’riy parchalarda va payg‘ambarlar bitiklarida Sion so‘zi ko‘pincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan.
To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SION so‘ziga qarang.
ishlatilgan. 1:4 izohiga qarang.
3:2 Hukm vodiysi — ibroniycha matnda Yohushafat vodiysi, ma’nosi Egamiz hukm
qiladigan vodiy. Quddusga yaqin bo‘lgan bir joyning ramziy nomi bo‘lishi mumkin. Ibroniycha matnda shu bobning 14–oyatida Hukm vodiysi degan ibora ishlatilgan. Bu vodiy faqat mazkur kitobda tilga olingan. Hukm vodiysi Xudo oxiratda O‘z xalqining dushmanlarini hukm qiladigan joy, deb tasvirlangan.
3:6 yunonlar — ibroniycha matnda Yovon nasli, o‘sha vaqtda yunonlar shu nom bilan
ham atalardi.
3:12 Hukm vodiysi — ibroniycha matnda Yohushafat vodiysi, ma’nosi Egamiz hukm qiladigan vodiy. Shu bobning 2–oyati izohiga qarang.
3:18 Akas daraxtlari o‘sadigan qaqroq soylik — ibroniycha matnda Shitim soyligi,
ma’nosi akas daraxti soyligi. Akas daraxtlari quruq yerlarda o‘sadi.
3:20-21 Men albatta jazolayman ularni! Aslo oqlamayman jinoyatchilarni! — yoki Men oldin ularning kechirmagan ayblarini endi kechiraman. Bu holda mazkur jumla Yahudo va Quddus aholisiga nisbatan aytilgan, deb tushunish kerak.
01_Ibtido_MK | 02_Chiqish_MK | 03_Levilar_MK | 04_Sahroda_MK | 05_Qonunlar_MK | 06_Yoshua_MK | 07_Hakamlar_MK | 08_Rut_MK | 09_1-Shohlar_MK | 10_2-Shohlar_MK | 11_3-Shohlar_MK | 12_4-Shohlar_MK | 13_1-Solnomalar_MK | 14_2-Solnomalar_MK | 15_Ezra_MK | 16_Naximiyo_MK | 17_Ester_MK | 18_Ayub_MK | 19_Zabur_MK | 20_Hikmatlar_MK | 21_Voiz_MK | 22_Gozal-Qoshiqi_MK | 23_Ishayo_MK | 24_Eremiyo_MK | 25_Marsiyasi_MK | 26_Hizqiyol_MK | 27_Doniyor_MK | 28_Xosheya_MK | 29_Yoel_MK | 30_Amos_MK | 31_Obodiyo_MK | 32_Yunus_MK | 33_Mixo_MK | 33_Noxum_MK | 34_Xabaqquq_MK | 36_Zafaniyo_MK | 37_Xaggey_MK | 38_Zakariyo_MK | 39_Malaki_MK |
Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK | 41_Mark_MK | 42_Luqo_MK | 43_Yuhanno_MK | 44_Havoriylar_MK | 45_Yoqubning_MK | 46_1-Butrus_MK | 47_2-Butrus_MK | 48_1-Yuhannoning_MK | 49_2-Yuhannoning_MK | 50_3-Yuhannoning_MK | 51_Yahudoning_MK | 52_Rimliklarga_MK | 53_1-Korinfliklarga_MK | 54_2-Korinfliklarga_MK | 55_Galatiyaliklarga_MK | 56_Efesliklarga_MK | 57_Filippiliklarga_MK | 58_Kolosaliklarga_MK | 59_1-Salonikaliklarga_MK | 60_2-Salonikaliklarga_MK | 61_1-Timotiyga_MK | 62_2-Timotiyga_MK | 63_Titusga_MK | 64_Filimonga_MK | 65_Ibroniylarga_MK | 66_Vahiy_MK |
67-Sozboshi_MK | 68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK | 69-Izohlarning-tuzilishi_MK | 70-Lugat_MK | 71-Rasmlar-va-loyihalar_MK | 72-Jadvallar_MK | 73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK | 74-Xaritalar_MK
KITOBOOK | AudioKitoblar | Simfoniya | Guvohliklar | Musiqa mp3 |
VIDEO | UzLatin
| Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz
(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb) |
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb) |
Китоблар Ўзбек тилидаги:
Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru