album-art

Available now on:

1. Quvonch Yulduzi

Aytingchi bu yotgan bola kim?
Maryam quchog’ida boshin qo’yib,
Farishtalar shirin alla aytar,
Cho’ponlar esa kuylarni tinglar.

Bu Isodir olam shohi,
Cho’ponlar tinglar farishta kuylagan,
Quvonch, quvonch Iso tug’ildi,
Maryamda Xudodan o’g’il bo’ldi.

Olib keling unga atir oltin,
Kelgin dehqon shohni qutla sen ham,
Shohlar shohi najot senga berar,
Kelganlar unga ta’zimlar qilar.

2. Balansa

Baland osmonda ko’plab yulduzlar yonar.
Lekin bittasi bayramdagidek porlar.
//Bu yulduz kichkintoy Rabbimizniki.
Onasi avaylab ohurga yotqizdi//

Sharqdan munajjimlar yulduz tomon borar
Va sovg’alarni Rabbimizga keltirar.
//Bolalar shoshinglar Rabbimiz tomon.
Va yuraklarni berishga bo’ling tayyor.//

3. Ezgulik

Ezgulikka to‘lgan
Xursandlikka toshgan.
Mavlud kuni bugun keldi.
Gunohli jahonga najotin berishga. Imonlilarga mavlud kuni keldi.

Ezgulikka to‘lgan
Xursandlikka toshgan.
Mavlud kuni bizga keldi.
Samo qo‘shinlari tantanali qo‘shig‘da. Mavlud kuni keldi deb xabar qildi.

Ezgulikka to‘lgan
Xursandlikka toshgan.
Mavlud kuni bizga keldi.
Xudo bilan bizni yarashtirgani
Quvoninglar! Mavlud bayrami keldi.

4. Quvonch, Quvonch

Quvonch, quvonch doim quvonch
Tinmay xursand bo’laylik
Xudo bergan sevinch nuri
Qalbimizda so’nmasin – 2m.

Xudo bizni boshqaradi
Bizga yordam beradi
Musibatdan qutqaradi
Bizga quloq soladi

Quvonch quvonch doim quvonch
Tinmay xursand bo’laylik
Xudo bergan sevinch nuri
Qalbimizda so’nmasin

Masix izidan boraylik
Unga yaqin bo’laylik
Og’ir mushkulot ostida
Nobud bo’lib ketmaylik

Quvonch quvonch doim quvonch
Tinmay xursand bo’laylik
Xudo bergan sevinch nuri
Qalbimizda so’nmasin

Xayotbaxsh imon quvonchi
Quyoshday porlab tursin
Xudo bizlarni sevadi
Dillar xotirjam bo’lsin

Quvonch, quvonch doim quvonch
Tinmay xursand bo’laylik
Xudo bergan sevinch nuri
Qalbimizda so’nmasin – 2m.

5. Rabbim Makonningni

Rabbim makoningni Jonim-la sevaman
Sen yaratgan mahfilingni Tirilgan jonlardan

Tangrim mahfilingni Tiklash uchun yerda
Sen sevikli O’z O’g’lingni Bergansan o’limga

Qimmat mahfilingni Jonlar jamoatin
Senga doim keltirayin Men munojotimda

Shu mahfiling bilan Aloqalar qilsam
Uning turli xizmatini Amalga oshirsam

Shunda men bilaman Abadiy kunlarda
Shuxratingda qatnashaman Shu mahfiling bilan

6. Birgina Isoda baxtiyor

Birgina Isoda baxtiyor bo’ldim
Birgina Isoda jonga dam oldim
U Do’stimga men dil sirlarin ochdim
Eng yaxshi Do’stimni Unda topdim

Qanday baxtiyorman Do’st bo’lib Unga
So’zlab berolmaydi tilim hech kimga
Birgina dilim Unda quvonadi
Bu Do’stim bilan xatar bo’lmaydi

Bu Do’stim bilan sevgida yashayman
U meni xalos qildi gunohlardan
Muhabbatini isbot etdi xochda
Eng yaxshi Do’stimni topdim Unda

Do’stlik ittifoqin men bilan tuzgan
Yoshligimdan yetaklar qo’li bilan
Baxt o’lkasiga U meni olib borar
Abadiy jonim Unda quvonar.

7. Choʻponlar kelmoqda

Choʻponlar kelmoqda, xabar bermoqda,
Dovudning shahrida Masih tugʻildi.

Baytlahm shahrida, oxurda yotadi,
Sevining, sevining Masih tugʻildi.

Maryamning, Yusufning cheksiz quvonchi,
Farishtalar osmonda kuylar qoʻshiqlar.

Ayting bu xabarni butun dunyoga,
Gunohni kechirgan Qutqaruvchimiz.

Choʻponlar kelmoqda, xabar bermoqda,
Dovudning shahrida Masih tugʻildi.