SENGA NAJOTKOR!

U sizga quvonch, tinchlik va hayot maqsadini beradi.

Xudo seni sevadi

Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: Zero, Xudo olamni shunchalik sevdiki, Oʻzining yagona Oʻgʻlini berdi. Toki Unga ishonganlardan birontasi halok boʻlmasin, balki abadiy hayotga ega boʻlsin. (Yuhanno 3:16).

Iso dedi: "Men esa ularga hayot, farovon hayot berish uchun kelganman". (Yuhanno Xushxabari, 10-bob, 10-oyat).

Lekin bitta muammo bor:

1. Xudo seni sevadi va sening hayoting uchun rejasi bor.

2. Har bir inson Xudo oldida gunoh qilgan va shuning uchun u Unga yaqin-lasholmaydi.

GUNOH

Men aytgan, qilgan va hatto yomon deb o'ylagan hamma narsa Muqaddas Kitobda "GUNOH" deb ataladi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: "Hamma gunoh qilgan va Xudoning ulug‘vorligidan mahrumdir". (Rimliklarga maktub, 3-bob, oyat 23).

Gunoh o'limga olib keladi. Bu o'lim jismoniy emas, bu Xudodan ruhiy ajralishdir. (Rimliklarga, 6-bob, 23-oyat).

Ammo xush xabar bor!

Najot xabari

Biz osmonda Xudo bilan abadiy yashashimiz uchun Iso o’rnimizga o'ldi. “Lekin biz hali gunohga botgan chog‘imizda, Masih biz uchun o‘ldi. Shu yo‘sinda Xudo bizga bo‘lgan O‘z mehr–muhabbatini namoyon qildi” (Rimliklarga 5:8).

Ammo Uning o'limi oxir emas! U o'limdan tirildi va hozir tirik! “Muqaddas Bitikda bashorat qilinganidek, Masih bizning gunohlarimiz uchun o'ldi; Muqaddas Yozuvlarda bashorat qilinganidek, U sharaflangan, uchinchi kuni tirildi." (Korinfliklarga maktub, 15 bob, 3-4 oyatlar).

Iso Xudoga boradigan yagona yo'ldir! “Iso unga dedi: — Men yo‘l, haqiqat va hayotdirman. Otaning oldiga olib boradigan Mendan boshqa yo‘l yo‘q” (Yuhanno Xushxabari, 14:6).

3. Xudo O'z O'g'lini sening gunohing uchun o'limga yubordi!

4. Muqaddas Kitobda aytilishicha, siz Isoga ishonish orqali najot topasiz.

Muqaddas Kitobda

Sizlar najot topasizlar - imon orqali - Uning buyuk marhamati bilan! Va sizning xizmatlaringiz uchun emas - bu Xudoning sovg'asi, amallar uchun emas, shuning uchun hech kim bu bilan maqtanmaydi! (Efesliklarga 2-bob, 8-9 oyatlar).

Najot - gunoh jazosidan qutqarilishdir. Imon faqat Iso sizni qutqara olishiga ishonishni anglatadi. Abadiy hayot na cherkovga borishdan, na savob ishlar qilishdan, faqat Iso Masihga ishonshdandir.

Najot

Seni Isoga ishonishingga to'sqinlik qiladigan narsa bormi? Agar yo'q bo'lsa, biz hoziroq ibodat qilishni taklif qilamiz va qaroringiz haqida Xudoga aytamiz!

“Xudo, men gunohkor ekanligimni bilaman. Men jannatga loyiq emasman. Men qilgan gunohlarim uchun kechirim so'rayman. Men ishonamanki, Iso mening gunohlarim uchun o'ldi,mening jazoyimni oldi va tirildi.
Faqatgina Isodan boshqa hech kim yoki hech narsa mening Najatkorim emasligiga ishonaman. Gunohlarim kechirilgani va abadiy hayot in'omi uchun rahmat.
Omin.

5. Seni Isoga ishonishingga to'sqinlik qiladigan narsa bormi?

Siz bu ibodatni o'qidingizmi?

videoni ko'ring

    NAJOT XABARI